O‘ZBEKISTON VA KUVAYT PARLAMENTLARI A’ZOLARI UCHRASHUVI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasida Kuvayt Davlati Milliy majlisi parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi Soud Nashmiy al-Xorijiy rahbarligidagi parlament delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanib borayotgani ta’kidlandi. 2004-yilning yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Kuvayt Davlatiga rasmiy tashrifi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Parlamentlararo aloqalar ikki tomonlama siyosiy muloqotni rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilayotgani qayd etildi. Uchrashuvda parlamentlararo aloqalar va hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralar chog‘ida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi O‘zbekiston parlamenti faoliyatini takomillashtirishda alohida ahamiyatga ega ekani qayd etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, parlamentlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish tadbirlarini tashkil etish, qonun ijodkorligi bo‘yicha tajriba almashishga doir masalalar muhokama etildi.
– Kuvayt O‘zbekiston bilan o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor, – dedi Kuvayt Davlati Milliy majlisining parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi Soud Nashmiy al-Xorijiy. – Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlik yanada rivojlanishiga ishonaman.
"Jahon" AA