O’ZBEKISTON VA MINGYILLIK RIVOJLANISH MAQSADLARI: KUCHLI IJTMOIY SIYOSAT VA AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISH
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2000-yil sentabrda 189 davlat rahbarlari Mingyillik deklaratsiyasini imzoladilar hamda o’z oldilariga 8 prinsipdan iborat mazkur maqsadlarga og’ishmay erishishni vazifa qilib qo’ydilar. Mingyillik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish jarayoniga holis baho berish 2015-yilga belgilangan edi.
Minyillik maqsadlari O’zbekiston uchun uning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan edi.
Mamlakatimiz hukumati va BMTning O’zbekistondagi vakolatxonasi tashabbusi bilan tayyorlangan bo’lib, u 2001-2013-yillarda yurtimizda BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish jarayoniga holis baho berishni oldimizga usutvor vazifa qilib qo’ydi. Mazkur ma’ruzada yuqoridagi maqsadlarga erishishning asosiy omillari ko’rsatib berilgan, shuningdek mamlakat oldida turgan dolzarb masalalar va vazifalar aks etgan.
Taqdim qilingan mazkur ma’ruzada mamlakatimizda BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish tahlili 8 bo’limga ajratilgan holda aks etgan: O’zbekiston va global hamkorlik; o’rta maktablarda ta’lim sifatini oshirish; ayollar va erkaklar huquqlarini tenglashtirish; onalar salomatligini mustahkamlash; OITS, sil va bezgakka qarshi kurashish; ekologik barqarorlikni ta’minlash.
Taqdimot chog’ida O’zbekiston hukumatining barqaror iqtisodiy o’shish, daromadlarning aholi o’rtasida adolatli taqsimlash va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosati jamiyatda ijtimoiy totuvlik va ahllikni hukm surishiga xizmat qilayotgani ta’kidlandi. 2001-2013-yillar davomida barqaror iqtisodiy o’sishga qaratilgan islohotlar natijasida O’zbekistonda kamta’minlanganlik darajasi deyarli ikki barobar - 27,5 foizdan 14,1 foizga kamaydi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan 90-yillar o’rtalarida boshlangan ta’lim sohasini isloh qilishga qaratilgan chora-tadbirlar aholining barcha qatlamlari uchun sifatli o’rta ta’lim olish imkoniyatini yaratibgina qolmay, balki ta’limning undan keyingi bosqichlarini ham tubdan ijobiy tomonga o’zgartirdi. Sog’liqni saqlash sohasida amalga oshirilgan islohotlar mamlakatimizda aholiga, ayniqsa, qishloq joylarda sifatli, professional va har tomonlama texnik jihozlangan xizmat ko’rsatish imkonini yaratib berdi.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo’yicha amalga oshirilgan islohotlar ichimlik suvini isrof qilishning kamayishiga hamda yerlarning meliorativ holatining yaxshilanishini ta’minladi. Energetika infratuzilmasini rivojlantirish natijasida iqtisodiyotning energiya sarfi darajasi kamaymoqda, atmosferaga ifloslantiruvchi chiqindilar tashlash qisqarmoqda.
Davlat budjetidan ijtmoiy sohaga ajratilayotgan mablag’ ulushi 47,6 % dan 58,6% ga oshdi.
Jahon moliyaviy inqirozi yuz berganiga qaramasdan O’zbekiston bu davrda barqaror o’sish su’ratlarini saqlab qolganligi mazkur maqsadlarga erishish yo’lida eng katta ijobiy natijalardan biri bo’ldi.
“Jahon” AA