O‘zbekiston va Misr hamkorligiga oid o‘n ikkita hujjat imzolandi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Ko‘ksaroyda o‘tgan muzokaralar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisining Qo‘shma bayonoti qabul qilindi.
Ikki mamlakat hukumat va vazirliklari o‘rtasida turizm, investitsiya, soliq, adliya, qishloq xo‘jaligi, madaniy meros va sport sohalari, tashqi ishlar va yoshlar masalalari bo‘yicha 12 ta hujjat imzolandi.
Prezidentlar bo‘lib o‘tgan muzokaralar va erishilgan kelishuvlardan mamnunligini, O‘zbekiston bilan Misr munosabatlarida yangi bosqich boshlanganini ta’kidladi.
“Abdulfattoh as-Sisi janoblarining O‘zbekistonga birinchi rasmiy tashrifi ikki mamlakat munosabatlarida tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Ochiq, do‘stona va amaliy ruhda o‘tgan muzokaralarimiz barcha masalalar yuzasidan yondashuv va qarashlarimiz o‘xshashligini ko‘rsatdi. Ishonchim komilki, bugungi kelishuvlar O‘zbekiston bilan Misr o‘rtasidagi munosabatlarni sifat va mohiyat jihatidan boyitib, o‘zaro manfaatli hamkorligimizni yangi, yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Misr Prezidenti O‘zbekiston bilan hamkorlikning barcha sohalari bo‘yicha kelishib olganini, bu kelishuvlar kelgusi tashriflarga debocha va ulkan natijalarga poydevor bo‘lishini ta’kidladi.
Abdulfattoh as-Sisining mamlakatimizga rasmiy tashrifi bugun yakunlanadi.