O‘ZBEKISTON VA QIRG‘IZISTON HUKUMAT DELEGATSIYALARI ISHCHI GURUHLARINING UCHRASHUVIGA DOIR
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
2017-yilning 10-20-aprel kunlari Namangan shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv doirasida O‘zbekiston Respublikasining Namangan va Farg‘ona viloyatlari bilan Qirg‘iziston Respublikasining Batken va Jalolobod viloyatlari tutashgan hududlardagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasining alohida uchastkalarida qo‘shma dala tekshiruvlari va topografik yer tuzish ishlari olib borildi.
Muzokaralar yakuni bo‘yicha uchrashuv bayonoti imzolandi.
Uchrashuv an’anaviy do‘stona va o‘zaro tushunish muhitida bo‘lib o‘tdi.