O‘ZBEKISTON VA QIRG‘IZISTON PREZIDENTLARINING TELEFON ORQALI MULOQOTI TO‘G‘RISIDA
 Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
						Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
					 
				
					 
						 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
						O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
					 
				
					 
						 Uchrashuvlar
						Uchrashuvlar
					 
				
					 
						 XMT doirasidagi xamkorlik
						XMT doirasidagi xamkorlik 
					 
				
					 
						 BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
						BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
					 
				
					 
						 Press-relizlar
						Press-relizlar
					 
				
					 
						 Vakolatxona yangiliklari
						Vakolatxona yangiliklari
					 
				
					 
						 Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
						Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
					 
				
					 
						 O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
						O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
					 
				
					 
						 Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
						Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
					 
				
					 
						 Sayyohlik
						Sayyohlik
					 
				
					 
						 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
						8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
					 
				
					 
						 O’zbekiston matbuoti daydjestlari
						O’zbekiston matbuoti daydjestlari
					 
				
					 
						 2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
						2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
					 
				
					 
						 Конституциявий ислоҳотлар
						Конституциявий ислоҳотлар
					 
				
					 
						 Boshqa yangiliklar va voqealar
						Boshqa yangiliklar va voqealar
					 
				
				
					Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
 
					O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-sentabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev bilan bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlatimiz rahbari muloqot avvalida Qirg‘iziston Prezidentini tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etdi.
Qirg‘iziston Prezidentining qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi an’anaviy yaqin va yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlash, O‘zbekiston – Qirg‘iziston o‘zaro manfaatli hamkorligini kengaytirishda tutgan o‘rni va faol sa’y-harakatlari chuqur mamnuniyat bilan alohida qayd etildi.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 5-6-sentabr kunlari Qirg‘izistonga amalga oshirgan tarixiy davlat tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘targani, o‘zaro hamkorlikni aniq amaliy mazmun bilan boyitishga xizmat qilgani ta’kidlandi.
Turli darajalardagi aloqalar faollashgani qayd etildi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston bosh vazirlari raisligida Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya faoliyat ko‘rsatmoqda, davlat chegarasini huquqiy jihatdan tartibga solish ishlarini yakunlash bo‘yicha faol muzokaralar olib borilmoqda.
Shavkat Mirziyoyevning tashrifi chog‘ida O‘zbekiston – Qirg‘iziston davlat chegarasi to‘g‘risida shartnoma imzolangani hamkorlikdagi ishlarning eng muhim natijasi bo‘ldi.
O‘zaro savdo hajmi ortib bormoqda, yil boshidan buyon tovar ayirboshlash 60 foizga o‘sdi. Avtomobilsozlik, qishloq xo‘jligi mashinasozligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida hamkorlik bo‘yicha istiqbolli loyihalar ishlab chiqilmoqda.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston parlamentlari, hududlari va ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish, ikki davlat hukumatlari rahbarlari shafe’ligida faoliyat yuritadigan Chegaraoldi viloyatlar hokimlari kengashining amaliy faoliyatini tashkil etishni tezlashtirish hamda madaniy-gumanitar sohada yangi dasturlarni amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.
Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atamboyevning mamlakatimizga davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot so‘nggida O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston Prezidentini yana bir bor samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq va muvaffaqiyat, qardosh qirg‘iz xalqiga tinchlik, osoyishtalik va farovonlik tiladi.
O‘zA
 
 
		 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
			 
				 
  
 



















