O‘ZBEKISTON VA QOZOG‘ISTON HUKUMATLARI DELEGATSIYALARINING YIG‘ILISHIGA OID
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Prezidentining qaroriga muvofiq 2018-yil 18-yanvar kuni Favqulodda vaziyatlar vaziri Rustam Jo‘rayev boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi shu kuni ertalab Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida sodir bo‘lgan hodisa natijasida jabrlangan va halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini vataniga yetkazish bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni hal etish maqsadida Aqto‘be shahriga (Qozog‘iston) keldi.
O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari avtobusdagi yong‘indan omon qolgan hamyurtlarimiz davolanayotgan viloyat intensiv terapiya klinik shifoxonasida bo‘ldi.
Shu kuni Aqto‘be viloyat hokimligida Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi, Investitsiya va rivojlanish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va Qozog‘istonning boshqa xizmatlari rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston delegatsiyasining amaliy yig‘ilishi o‘tkazildi.
Qozog‘iston Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Erlan Turgumbayevning ma’lumotiga ko‘ra, 32 nafar halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlashtirildi va yong‘inni oldini olish guruhi tomonidan avtobusdagi yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.