Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari atom elektr stansiyasini qurish loyihasiga start berdi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari atom elektr stansiyasini qurish loyihasiga start berdi

«O‘zekspomarkaz»da mamlakatimizdagi birinchi atom elektr stansiyasi qurilishi loyihasining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin ramziy tugmani bosib, ushbu yirik loyihaga start berdi.

Tadbirni videoaloqa orqali kuzatib turgan “O‘zatom” agentligi va “Rosatom” davlat korporatsiyasi O‘zbekistonda birinchi atom elektr stansiyasi qurilish maydonini tanlash uchun muhandislik tadqiqotlari boshlanganini e’lon qildi.

«Bugun biz Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikning yangi strategik yo‘nalishi – atom energetikasini rivojlantirishga qo‘l urmoqdamiz. Ushbu loyiha mamlakatimiz iqtisodiyotida yangi tarmoqni vujudga keltiradi. Bu sanoat salohiyatini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotimizning turli tarmoqlarida yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi», dedi davlatimiz rahbari.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish uchun Vazirlar Mahkamasi huzurida Atom energetikasini rivojlantirish agentligi tashkil etildi.

Xorijiy loyihalar soni va ko‘lami bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda turadigan – 12 mamlakatda 34 ta energoblok bunyod etgan «Rosatom» korporpatsiyasi bilan O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Ushbu stansiya har biri 1 ming 200 megavatt quvvatga ega ikkita, "3+" avlodiga mansub eng zamonaviy va xavfsiz energiya blokidan iborat bo‘ladi. Ular Xalqaro atom energiyasi agentligining barcha xavfsizlik talablari javob beradi.

Atom energiyasi ekologik toza bo‘lib, bunday stansiyalar is gazi hosil qilmaydi. Atom elektr stansiyasining ishga tushirilishi natijasida katta miqdorda tabiiy gaz iqtisod qilinadi, atmosferaga karbonad angidrid chiqarilishi yiliga 14 million tonnagacha, azot oksidlari chiqarilishi 36 ming tonnaga kamayadi.

O‘zbekiston Xalqaro atom energiyasi agentligiga a’zo davlat sifatida o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarga muvofiq yadroviy xavfsizlik masalalariga katta e’tibor qaratmoqda. Ushbu loyihani amalga oshirishda AES qurilishi bo‘yicha barcha xalqaro talablarga qat’iy rioya qilinadi.

Xalqaro atom energiyasi agentligi mutaxassislari O‘zbekistonning Atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish milliy dasturini amalga oshirish bo‘yicha tashabbusini qo‘llab-quvvatladi va uni ro‘yobga chiqarishda har tomonlama ko‘maklashishga tayyor ekanini bildirdi.

Avval erishilgan kelishuvlarga muvofiq Toshkentda “Moskva muhandislik-fizika instituti” milliy tadqiqot yadroviy universitet filialini ochishga qaror qilindi. Kelgusi o‘quv yilida ushbu filial ilk talabalarni qabul qiladi.

Joriy o‘quv yilidan boshlab 30 nafar o‘zbekistonlik talaba Moskvadagi ushbu nufuzli bilim yurtida ta’lim olmoqda. Uni bitirgach, talabalarimiz yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishadi va atom elektr stansiyasining xavfsiz ishlashini ta’minlaydi. Ularning ishonchli qo‘llarida atom energiyasi haqiqatan tinch bo‘ladi.

www.prezident.uz