O’zbekiston va Shveysariya tashqi siyosat idoralari rahbarlari Bernda bo’lib o’tgan uchrashuvda ikki va ko’p tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Bernda Shveysariya Federal Kengashi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Ignatsio Kassis bilan uchrashdi
"O’zbekiston delegatsiyasi nomidan Shveysariya Federal Kengashi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Ignatsio Kassis janoblariga Bern shahrida ko’rsatilgan iliq mehmondo’stlik uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz, – deb yozdi O’zbekiston TIV rahbari o’zining telegram-kanalida. – Bugungi uchrashuvimiz davomida O’zbekiston- Shveysariya ikki va ko’p tomonlama hamkorligimizni yana-da chuqurlashtirish yo’llarini atroflicha muhokama qildik. Suhbat chog’ida innovatsiyalar, bilim va tajriba almashinuvi, savdo, kadrlar salohiyatini oshirish hamda boshqa yo’nalishlar e’tiborimiz markazida bo’ldi.
Mintaqaviy va xalqaro platformalarda yaqin hamkorlikni davom ettirish, ikki tomonlama munosabatlardagi ijobiy dinamikani yana-da mustahkamlash, shuningdek, zamonaviy global chaqiriqlarga qarshi birgalikda harakat qilish borasida kelishuvga erishdik".