Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘zbekiston va Turkiya: insonparvar mehnat migratsiyasi yo‘lidagi strategik hamkorlik

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘zbekiston va Turkiya: insonparvar mehnat migratsiyasi yo‘lidagi strategik hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Turkiya Respublikasiga kutilayotgan rasmiy tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Ushbu munosabatlarning muhim yo‘nalishlaridan biri — mehnat migratsiyasi sohasidagi izchil va amaliy hamkorlikdir.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston mehnat migratsiyasi siyosatini tubdan qayta ko‘rib, uni inson huquqlari, ijtimoiy himoya va qonuniy bandlik tamoyillariga asoslangan holda shakllantirdi. Bu yondashuv fuqarolarning xorijda xavfsiz, qonuniy va munosib mehnat qilishini ta’minlashni asosiy ustuvorlik sifatida belgilaydi.
Turkiya Respublikasi bilan hamkorlik aynan shu ruhda rivojlanmoqda. Ikki davlat hukumatlari o‘rtasida mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari huquqlarini himoya qilishga qaratilgan kelishuvning kuchga kirishi O‘zbekiston–Turkiya hamkorligida muhim bosqich bo‘ldi. Mazkur hujjat migrantlarning huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga, institutsional hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Migratsiya agentligi va Turkiyaning vakolatli idoralari o‘rtasidagi muntazam muloqot, qo‘shma forumlar va ishchi mexanizmlar mehnat migratsiyasini tartibli va shaffof yo‘lga qo‘yishga qaratilgan. Ayniqsa, fuqarolarning noqonuniy maqomdan chiqarilib, ma’muriy jazolarsiz legallashtirilishi, ularning mehnat va yashash huquqlarini qonuniy asosda ta’minlash bo‘yicha erishilgan kelishuvlar insonparvar siyosatning yorqin ifodasidir.
Bundan tashqari, kasbiy malakalarni tan olish, sertifikatlash va tayyor mutaxassislarni qonuniy ish bilan ta’minlash bo‘yicha hamkorlik kengayib bormoqda. Yirik turk kompaniyalari bilan yo‘lga qo‘yilgan sherikliklar O‘zbekiston fuqarolarining yirik infratuzilma va sanoat loyihalarida ishtirok etishiga xizmat qilmoqda.
Shu bilan birga, Turkiyada faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston Migratsiya agentligi vakilligi fuqarolarga huquqiy, ijtimoiy va maslahat yordamini ko‘rsatib, ularning manfaatlarini himoya qilishda muhim ko‘prik vazifasini bajarmoqda.
Bugungi kunda, ikki davlat o‘rtasida “Ijtimoiy himoya” bitimini ishlab chiqish bo‘yicha muzokaralar boshlandi. Ushbu bitim orqali Turkiyada ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari va O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan turk fuqarolari ijtimoiy sug‘urta mablag‘larini qaytarib olishlari mumkin bo‘ladi. Shu orqali ishchilar o‘z faoliyatini qonuniylashtirish va huquqiy kafolatlarga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston va Turkiya mehnat migratsiyasini muammo emas, balki rivojlanish, barqarorlik va inson qadr-qimmatini ta’minlash vositasi sifatida ko‘rmoqda. Prezident tashrifi ushbu yondashuvni yangi bosqichga olib chiqib, ikki davlat o‘rtasidagi insonparvar hamkorlikni yanada mustahkamlashiga shubha yo‘q.