O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida viloyatlar amaliy hamkorligi rivojlanmoqda
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Yaqinda Namangan viloyati hokimi boshchiligida tadbirkorlar va ishbilarmonlardan iborat delegatsiya Turkiyaning Istanbul, Bursa va Isparta shaharlariga tashrif buyurdi. Maqsad – savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, xorijiy investitsiya va sarmoyalarni jalb kilish, farmatsevtika va tibbiyot sohalarida hamkorlikni kengaytirish, qishlox ho‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va ularni chuqur qayta ishlash, eksportbop tovarlar ishlab chiqarish, gulchilikni rivojlantirish, turizm, xizmat ko‘rsatish soha va jabhalarida tajriba almashish.
Mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasining faol ishtiroki va ko‘magi asosida tashkil etilgan ushbu tashrif ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar rivojlanishida hududlarning rolini oshirishga qaratilgan. Elchixona tomonidan bu kabi tadbirlar hokimliklar bilan hamkorlikda davom ettirilmoqda. Misol uchun, shu kunlarda Sirdaryo viloyati hokimligi va ishbilarmon doiralari vakillari Turkiyada bo‘lib turiptilar. Avgust oyida esa ushbu mamlakatga Surxondaryo va Buhoro viloyatlari delegatsiyalari, keyinchalik boshqa viloyatlar vakillari tashrifi ishlab chiqilmoqda.
Bu kabi safarlar dasturiga qator amaliy muzokaralar va uchrashuvlar kiritilmoqda. Misol uchun, iyul oyi birinchi yarmida bo‘lib o‘tgan Namangan viloyati delegatsiyasining Turkiyaga tashrifi doirasida ishbilarmon doiralar va yirik kompaniyalar vakillari bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazildi.
Xususan, Namangan viloyati vakillari Bursa shahrining qator korxonalari bilan muzokaralar olib bordi. To‘qimachilik sohasida mato va qurilish sohasida sement ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Sönmez Holding kompaniyasi rahbariyatiga Namangan viloyatida ip-gazlama va tayyor matolar ishlab chiqish yuzasidan takliflar olg‘a surildi.
Shuningdek, delegatsiya a’zolari Turkiyaning qishlox xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga va eksportbop oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan VAKTAT LTD va SUNTAT LTD kompaniyalariga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi. Muzokaralar yakunida ushbu kompaniyalar bilan hamkorlikda Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan Red Bin Agro MChJ o‘rtasida qishloq ho‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish borasida kelishuvlarga erishildi. Delegatsiya, shuningdek, eksport qiluvchi korxonalar joylashgan “Bursa” erkin iqtisodiy hududi ma’muriyati bilan ko‘rishib, xususiy kompaniyalar ishtirokida sanoat zonalarini tashkil etishda tajriba almashdilar, bu borada o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish haqida bir to‘xtamga keldilar.
Bundan tashqari, Bursa viloyatining gubernatori Izzettin Kuchuk va Bursa shahri meri Alinur Aktash bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Bursa Savdo-sanoat palatasi hamkorligida Bursaning 30 dan ortiq yirik va o‘rta ishlab chikarish kompaniyalari ishtirokida biznes-forum va ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi. Namangan viloyati va O‘zbekistonning investitsion, turizm va boshqa sohalardagi salohiyati borasida prezentatsiya qilinib, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.
Tashrif davomida delegatsiya Istanbul shahrida Turkiyaning mustaqil ishbilarmonlari uyushmasi (MUSIAD) hamkorligida 50dan ortiq kompaniyalar ishtirokida biznes-forum o‘tkazdi. Anjumanda “Uzbekipaksanoat” uyushmasi raisi B.Sharipov ham so‘zga chiqib, respublikada ipak sanoatidagi mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi. Namangan viloyati rahbariyati, elchixona vakillari tomonidan tashqi savdo, sanoat, turizm va ilm-fan soxalarida xamkorlik istiqbollari bo‘yicha takdimotlar o‘tkazildi. Uchrashuvlar va biznes-forum natijasida qator sanoat yo‘nalishlarida Turkiya kompaniyalari bilan investitsion loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Tashrif doirasida delegatsiya, shuningdek, Eksi Group, AzerTurk va Tasyapi Insaat kompaniyalari vakillari bilan ham muzokaralar o‘tkazdi, hamkorlik istiqbollari to‘g‘risida fikr almashildi.
Shu bilan birga, delegatsiya tarkibida Turkiyaga kelgan “Namangan gulchilikni rivojlantirish markazi” DUK rahbarlari hamda Turkiyaning Suleyman Demirel universiteti qoshidagi “Gulchilik tadqiqot markazi” o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Namangan shahri va Turkiyaning Isparta shahri o‘rtasida qardoshlik aloqalarini tiklash, o‘zapo ijtimoiy-iqtisodiy, turistik, investitsion xamda ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirish borasida memorandum imzolandi.
“Dunyo” AA