O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari telefon orqali so‘zlashdi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 iyun kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida Prezidentlar qutlug‘ Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini va qardosh xalqlarimizni qizg‘in muborakbod etib, ezgu tilaklarini izhor qildilar.
Davlat rahbarlari mamlakatlarimiz o‘rtasida do‘stlik, o‘zaro ishonch va strategik sheriklik ruhidagi aloqalar barcha sohalarda, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik yo‘nalishlarida jadal rivojlanib borayotganini alohida e’tirof etdilar.
Joriy yilning dastlabki to‘rt oyida o‘zaro savdo aylanmasi hajmi 30 foizga o‘sgani, qo‘shma korxonalar soni oxirgi bir yarim yil davomida 2 barobarga ko‘paygani mamnuniyat bilan ta’kidlandi.
Bundan tashqari, yetakchi turk kompaniyalari bilan bir qator yirik sanoat va infratuzilma loyihalari bo‘yicha birgalikda faol ishlar olib borilmoqda. Madaniy-gumanitar almashinuv kengaymoqda, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasida qo‘shma dasturlar amalga oshirilmoqda.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari raisligida Oliy darajadagi o‘zbek-turk strategik hamkorlik kengashi ilk yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligi qayd etildi.
Shu maqsadda tomonlar yaqin istiqbolda tashqi ishlar vazirlari boshchiligidagi guruhlar uchrashuvi hamda Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib oldilar.
Do‘stona va samimiy tarzda kechgan suhbat davomida xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik boshqa dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.