O‘ZBEKISTON VA XITOY O‘RTASIDA XALQARO AVTOMOBIL TRANSPORTI TO‘G‘RISIDAGI HUKUMATLARARO BITIMNING KUCHGA KIRISHIGA OID
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2018-yil 1-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi doirasida 2017-yil 12-mayda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati o‘rtasida xalqaro avtomobil transporti to‘g‘risidagi bitim kuchga kiradi.
Bitimning 21-moddasi shartlariga muvofiq hujjat tomonlarning diplomatik kanallar orqali davlat ichkarisidagi zaruriy amallar bajarilganligi to‘g‘risida so‘nggi yozma xabari qabul qilgan vaqtdan boshlab 30 kun o‘tgach kuchga kiradi. Xitoy tomonining tegishli xabari 2017-yilning 2-dekabrida qabul qilindi.
Bitimning asosiy maqsadi ikki davlat o‘rtasida xalqaro avtomobil tashuvlarini va ularning hududlari orqali tranzit o‘tishlarni amalga oshirish uchun o‘zaro maqbul huquqiy sharoitlarni yaratish hisoblanadi.
Bitimga muvofiq, tomonlar ikki davlatdan birida ro‘yxatdan o‘tgan transport vositalari orqali vakolatli davlat organlarining o‘zaro kelishuvi asosida belgilangan yo‘nalishda xalqaro avtomobil tashuvlarini o‘z davlatlari hududida amalga oshirish huquqini beradilar.
Hujjatning shartlariga muvofiq, ikki tomonlama va tranzit tashuvlar ikki mamlakatning vakolatli organlari, xususan, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi va XXR Transport vazirligi tomonidan berilgan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi. Shu maqsadda vakolatli organlar har yili bir-biriga yuklar olib o‘tish uchun ruxsatnoma blankalarining o‘zaro kelishilgan miqdorini taqdim qilishadi.
Mazkur Bitim ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlanishiga ijobiy turtki beradi, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengayishi uchun yangi istiqbollarni ochadi va o‘zaro manfaatli tashuvlar bozorini shakllantirishga xizmat qiladi.