O’ZBEKISTON VAKILI GOLF BO’YICHA QOZOG’ISTON OCHIQ CHEMPIONATIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Qozog’iston ochiq chempionatida o’zbekistonlik golfchilar g’oliblar safidan joy oldilar. Mazkur musobaqada O’zbekiston, Qirg’iziston, Koreya, Yaponiya, AQSH va boshqa mamlakatlaridan 100 ga yaqin yosh havaskor sportchilar ishtirok etdilar.
Ayollar va erkaklar o’rtasida tashkil etilgan mazkur turnir yakunida o’zbekistonlik Roman Ten umumiy hisobda uchinchi o’rinni egalladi. Shuningdek, Yana Tyagay «Best gros» kategoriyasi bo’yicha ikkinchi o’rinni qo’lga kiritdi. Yevgeniy Li va Kanat Kurbanaliyevlar esa kuchli o’nlikdan joy olishdi.
Eslatib o’tamiz, joriy yilning 25-28-iyun kunlari O’zbekiston golfchilari birinchi bor Rossiyada bo’lib o’tgan xalqaro chempionatda ishtirok etishib, unda Roman Ten kuchli o’ntalikdan joy olgan edi.
“Jahon” AA