Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTON – XITOY BIZNES-FORUMI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTON – XITOY BIZNES-FORUMI

Toshkentda O‘zbekiston va Xitoyning Shansi provinsiyasi ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum va kooperatsiya birjasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Xitoy xalqaro savdo taraqqiyotiga ko‘mak berish qo‘mitasi va Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi tomonidan tashkil etildi.
Biznes-forum va kooperatsiya birjasi mavjud aloqalarni mustahkamlash hamda yangi loyihalarni muhokama qilish uchun qulay imkoniyat bo‘lib xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Nazira Dadaxonovaning ta’kidlashicha, bunday tadbirlar O‘zbekiston – Xitoy iqtisodiy hamkorligini tashkil qiladigan ulkan imkoniyatlarning bir qismi, xolos. Hamkorlikdagi biznes-forumlar va turli tadbirlar ikki tomonlama munosabatlarni yangi mazmun bilan boyitishda muhim ahamiyatga ega.

Bu galgi biznes-forum va kooperatsiya birjasida mashinasozlik, farmatsevtika, to‘qimachilik, qurilish, oziq-ovqat, kimyo sanoati, elektrotexnika, muqobil energiya manbalari, zamonaviy texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan konsern va kompaniyalarining vakillari ishtirok etdi.

– Shansi provinsiyasi tabiiy boyliklar zaxirasi va zamonaviy sanoatni rivojlantirish sur’ati bo‘yicha Xitoyda yetakchi o‘rinni egallaydi, – deydi Xitoy xalqaro savdo taraqqiyotiga ko‘mak berish qo‘mitasining Shansi provinsiyasidagi vakolatxonasi raisi o‘rinbosari Vu Futszi. – Bugungi tadbirlarda ushbu hududdagi ellikdan ortiq kompaniya vakillari qatnashdi. Ular O‘zbekiston korxonalari bilan savdo munosabatlarini rivojlantirishga katta qiziqish bildirdi.

Biznes-forumda mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati va investitsiyaviy muhit xususida ma’lumotlar taqdim etildi. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi “O‘zinfoinvest” agentligi, “O‘zfarmsanoat” konserni, “O‘zeltexsanoat” kompaniyasi va Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasining taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.

Tadbir yakunida turli sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha qator investitsiyaviy shartnomalar imzolandi.

WWW.UZA.UZ