O’ZBEKISTON - XITOY DO’STLIGINING ISTIQBOLLARI «LYAOVAN» JURNALI NIGOHIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Huddi kutilganidek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yaqinda Xitoy Xalq Respublikasiga buyurgan davlat tashrifi XXR ommaviy axborot vositalarida eng ko’p muhokama etilayotgan siyosiy voqyealardan biri bo’lib qoldi.
Tashrif chog’ida hamda uning yakunlariga doir xabar-maqolalar mazkur mamlakatning elektron va matbaa nashrlari sahifalarini to’ldirdi. Xitoy matbuoti tashrif oldidan ham mamlakatlarimiz o’rtasidagi strategik sheriklik rivojlanishi to’g’risida ekspertlarning fikr-mulohazalarini jamoatchilikka ma’lum qilgani holda ushbu voqyeaga katta e’tibor qaratdi.
Jumladan, Xitoyda nashr qilinadigan ommabop «Lyaovan» jurnali o’z sahifasida mintaqamiz bo’yicha ekspert, Xitoy Zamonaviy xalqaro munosabatlar akademiyasi Markaziy Osiyo bo’limining mudiri Din Syaosin qalamiga mansub maqolani chop etdi.
Unda muallif komil ishonch bildirganidek, respublikamiz rahbarining XXRga tashrifi O’zbekiston va Xitoy o’rtasidagi strategik sheriklikni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishiga ko’maklashadi.
Xitoylik ekspert mazkur voqyeaning ahamiyati haqida to’xtalar ekan, bu Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Prezidenti sifatida XXRga birinchi tashrifi ekanligini qayd etadi. Muallif, shuningdek, mamlakatimiz yetakchisining global miqyosda e’tibor torgan “Bir makon - bir yo’l” xalqaro forumida yuqori darajadagi ko’p tomonlama majlisidagi ishtiroki muhimligini ham alohida ta’kidlaydi. Ushbu forum minbari, deb yozadi ekspet, O’zbekiston rivojlanishi yangi konsepsiyasini xalqaro hamjamiyatga namoyon etish uchun yaxshi imkoniyat sifatida xizmat qiladi.
“Tahlilchilarning fikr bildirishlaricha, Shavkat Mirziyoyev Prezidentlikka saylanganidan so’ng siyosiy yo’nalish izchilligiga asoslangan holda barcha sohalardagi islohotlarni ilgari surish bo’yicha ishlar faollashdi, shuningdek, xalqqa yaqinlashish, amaliy yondoshuv, ochiqlik singari o’ziga xosliklar bilan ifodalanadigan boshqaruv uslubi namoyon bo’ldi va bu aholi o’rtasida juda yuqori darajada e’tibor qozondi”, deb yozadi jurnal.
Shu o’rinda muallif 2017 yil fevralida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilinganiga alohida e’tibor qaratgan. Ekspert mazkur hujjatdagi islohotlarning muhim yo’nalishlari va hayotga tadbiq etilayotgan chora-tadbirlar haqida ham jurnalxonlarga atroflicha ma’lumot bergan.
O’zbekiston - Xitoy munosabatlari rivoji xususida to’xtalar ekan, Din Syaosin chorak asr mobaynida tomonlar o’zaro manfaatli hamkorlik borasida katta muvaffaqiyatlarga erishganini alohida ta’kidlaydi. “Bu hamkorlik har ikki mamlakatning tub manfaatlariga mos keladi. O’zbekiston va Xitoy tenglik, hurmat, ishonch va o’zaro manfaatdorlik tamoyillariga asoslangan holda aloqalarni tobora rivojlantirmoqda”, deb yozadi maqola muallifi.
“Jahon” AA, Pekin