Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTON XOTIN-QIZLAR TERMA JAMOASI UMUMJAMOA HISOBIDA BIRINCHI O‘RINNI EGALLADI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTON XOTIN-QIZLAR TERMA JAMOASI UMUMJAMOA HISOBIDA BIRINCHI O‘RINNI EGALLADI

Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston xotin-qizlar terma jamoasi a’zolari Iordaniyada o‘tgan II Afro-Osiyo chempionatida 10 oltin, 3 tadan kumush va bronza medallarni qo‘lga kiritdi.

Tajribali atletimiz Marina Sisoyeva vazni 53 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bahsida shtangani dast ko‘tarishda 82 kilogramm, siltab ko‘tarishda 103, ikkikurashda 185 kilogramm natija qayd etib, uchta oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Vazni 58 kilogrammgacha bo‘lgan qizlar bahsida Muattar Nabiyeva shtangani siltab ko‘tarish bahsida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

69 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi atletlar musobaqasida g‘oliblik uchun kurash mamlakatimiz sportchilari o‘rtasida kechdi. Manzura Mamasoliyeva shtangani dast ko‘tarishda 91 kilogramm, siltab ko‘tarishda 119, ikkikurashda 210 kilogramm natija bilan uchta oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Gulnoza Ahmadova shtangani dast ko‘tarishda 68 kilogramm, siltab ko‘tarishda 85 va ikkikurashda 153 kilogramm natija qayd etib, uchta kumush medal bilan taqdirlandi.

Vazni 75 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bellashuvida ham birinchi o‘rin terma jamoamiz a’zosi Omadoy Otaqo‘ziyevaga nasib etdi. Tajribali sportchimiz shtangani dast ko‘tarishda 80 kilogramm, siltab ko‘tarishda 102, ikkikurash natijasiga ko‘ra 182 kilogramm natija bilan o‘z vazn toifasida tengsiz ekanini isbоtladi.

Ilk bor xalqaro maydondagi musobaqalarda ishtirok etayotgan umidli sportchimiz Dolera Davronova vazni 75 kilogrammdan og‘ir bo‘lgan atletlar bahsida uchta bronza medal bilan taqdirlandi.

Chempionatda O‘zbekiston xotin-qizlar terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

O‘zA