O‘zbekiston – Yaman 1:0
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2018-yilgi jahon chempionatining Osiyo qit’asi saralash musobaqalari ikkinchi bosqichi uchinchi turida Yaman terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
“Paxtakor” markaziy stadionida o‘tgan uchrashuvda har ikki jamoa uchun g‘alaba muhim edi. Shu bois, o‘yin keskin va murosasiz ruhda kechdi. Dastlabki daqiqalardanoq ustunlikni qo‘lga olgan terma jamoamiz a’zolari raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdi. Ammo, bor e’tiborini himoyaga qaratgan yamanlik futbolchilar birinchi bo‘limda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Ikkinchi bo‘limda ham futbolchilarimiz hujumkor o‘yin namoyish etdi. 51-daqiqada Aleksandr Geynrix jarima to‘pini aniq yo‘llab, hisobni ochdi. Ushbu gol terma jamoamizning 1:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
Shu tariqa 2018-yilda o‘tadigan jahon chempionatining Osiyo qit’asi saralash musobaqalari ikkinchi bosqichida “N” guruhida to‘p surayotgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari dastlabki uch ochkoni qo‘lga kiritdi.
Futbolchilarimiz 8-sentabr kuni navbatdagi turda Filippin terma jamoasi bilan bahslashadi.
O‘zA