O‘ZBEKISTON YANGI MARRALARGA INTILMOQDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlardagi ijobiy tamoyillar xorijiy ekspertlar hamjamiyatida ham katta qiziqish uyg‘otmoqda. Buni tahlilchilar berayotgan baholardan hamda ushbu mavzu yuzasidan jahon OAV e’lon qilayotgan maqolalardan ham bilish mumkin.
Shanxay xalqaro tadqiqotlar universiteti o‘z internet portalida O‘zbekistonning xalqaro tashabbuslari to‘g‘risidagi maqolani e’lon qildi. U o‘tgan yil noyabr oyida Samarqandda BMT shafeligida Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro konferentsiyaning yakunlariga bag‘ishlangan.
Mualliflar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mintaqa xalqlarini ming yillik qardoshlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari, umumiy tarix, din, madaniyat va an’analar bog‘lab turishi to‘g‘risidagi so‘zlarini qalamga olishgan.
Maqolada O‘zbekistonning mintaqaviy siyosatga yangicha yondoshuvi, chegara, suv resurslaridan oqilona foydalanish, transport va savdo singari muhim masalalar bo‘yicha oqilona yo‘lni tutayotganligi to‘g‘risida fikr yuritiladi. O‘tgan yilda chegaralar haqidagi kelishuvlarga erishilgani, transport sohasida hamkorlikni kengaytirish, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, chegaraoldi xududlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, madaniy-gumanitar sohadagi munosabatlarni faollashtirishda yaxshi natijalarga erishilgani bayon etilgan.
Manba O‘zbekistonning yangi tashabbuslarini ham o‘quvchilarning e’tiboriga havola qilgan. Ular orasida mintaqaviy iqtisodiy forumni tashkil qilish, tranzit-logistika salohiyatidan yanada samarali foydalanish va transport infratuzilmasining jadal rivojlanishini ta’minlash, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadida umumiy hamkorlikni yanada mustuhkamlash, Afg‘onistonning mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga qo‘shilishiga har tomonlama ko‘maklashish shular jumlasidandir.
Shanxay xalqaro tadqiqotlar universitetining veb-sahifasi xabar berishicha, Konferentsiya rasmiylar va ekspertlarga ko‘pgina masalalar yuzasidan fikrlar almashish, bir-birini to‘g‘ri tushunishga erishish, qator muhim bitimlarni imzolash imkonini berdi.
“O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida mamlakatning yangi muvaffaqiyatlarini jahonga namoyish etdi. Konferentsiya Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashning ramzi bo‘lgani barobarida mintaqani rivojlantirishda tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib qoladi”, deya ta’kidlanadi ushbu maqolada.
“Jahon” AA, Shanxay