O’ZBEKISTON YAONIYALIK SARMOYADORLAR BILAN SHAHAR INFRATUZILMALARINI YUQORI TEXNOLOGIK JIHATDAN RIVOJLANTIRMOQDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Toshkentda “Shaharning yuqori texnologik infratuzilmasi” mavzusida O‘zbekiston – Yaponiya konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Yaponiya yer, infratuzilma, transport va sayyohlik vazirining parlamentdagi o‘rinbosari Keysuke Suzuki boshchiligida Yaponiya delegatsiyasi ishtirok etdi.
Har qanday mamlakat iqtisodiyotini jadal va mutanosib rivojlantirishda, aholi hayot darajasi va turmush sifatini tubdan yaxshilashda, boshqa sohalar qatori turizmni ravnaq toptirishda shaharlar infratuzilmasini takomillashtirish muhim o‘rin tutadi.
Mamlakatimizda shaharlarni modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar o‘zining yuksak samaralarini berayotir. Xususan, shaharlarimizni kompleks qurish bo‘yicha qabul qilingan dasturlarning hayotga izchil tatbiq etilishi natijasida ularning qiyofasi tubdan o‘zgarib bormoqda. Yurtimiz shaharlari qadimiy va zamonaviy me’moriy an’analar uyg‘unligida tobora go‘zallashib borayotir, noyob loyihalar asosida ma’muriy binolar, mahobatli inshootlar, ko‘rkam turar joylar hamda keng ko‘chalar, ravon yo‘llar va zamonaviy ko‘priklar, obod bozorlar bunyod etilmoqda.
Shaharlarimizning betakror qiyofasi va qulay, zamonaviy infratuzilmasi xalqaro hamjamiyat e’tiborini tortmoqda. Buyuk Britaniyaning nufuzli «The Economist» jurnalining bergan bahosiga ko‘ra, poytaxtimiz Toshkent shahri obodligi va yashash uchun qulayligi jihatidan dunyo reytingida 140 shahar orasida 58-o‘rinni egallagani va jahon tasnifida yashash uchun eng qulay bo‘lgan yirik shaharlar qatoriga kiritilgani mamlakatimizda shaharlarni obodonlashtirish va infratuzilmasini jadal yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga yorqin misol bo‘la oladi.
Shaharsozlik yo‘nalishida O‘zbekiston – Yaponiya hamkorligiga bag‘ishlangan konferensiyada mamlakatimizda shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish borasida olib borilayotgan izchil islohotlar, shaharlarning yuksak industrial rivojlanish salohiyati yuqori baholandi. Bu sa’y-harakatlar O‘zbekistonda sanoat va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan sarmoyaviy muhitni yanada yaxshilashga va mamlakatimizning xalqaro iqtisodiy hamkorligini mustahkamlashga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
Yaponiya yer, infratuzilma, transport va sayyohlik vazirining parlamentdagi o‘rinbosari Keysuke Suzuki “Jahon” axborot agentligiga bergan intervyusi chog’ida mamlakatimiz Markaziy Osiyodagi yetakchi davlat ekanligini ta’kidladi.
– Yaponiya uchun O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega, - dedi Keysuke Suzuki. - Toshkentning go‘zal va fusunkor qiyofasi menda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, Toshkent metropoliteni xavfsiz, qulay va yuksak xizmat ko‘rsatish madaniyati namunasiga aylangani, bekatlarning o‘ziga xos, betakror dizayni meni hayratga soldi.
Anjuman yakunida Yaponiyaning «Shimidzu», «Taysei», «AyEychAy», «Itochu», «Tekuno Toransu», «Mitsubishi», «Toyota Suse», «Nippon Koei», «Marubeni», «Panasonik», «Mitsui» kabi qator korporatsiyalar va moliyaviy tashkilotlar vakillari O‘zbekistonda boshqa yo‘nalishlar qatori shaharni modernizatsiya qilish va infratuzilmani yuqori texnologik rivojlantirishda faol ishtirok etish, o‘zaro foydali hamkorlikni yanada kengaytirish niyatida ekanini qayd etdi.
“Jahon” AA