Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEKISTON-YAPONIYA: STRATEGIK HAMKORLIKNI YANADA CHUQURLASHTIRISH YO’LIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEKISTON-YAPONIYA: STRATEGIK HAMKORLIKNI YANADA CHUQURLASHTIRISH YO'LIDA

Joriy yilning 24-oktabr kuni Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abening mamlakatimizga rasmiy tashrifi boshlanadi.

Yaponiya O’zbekistonning muhim va ishonchli hamkorlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatlarimiz o’rtasidagi aloqalar 2002-yilda imzolangan Do’stlik, strategik sheriklik va hamkorlik to’g’risidagi qo’shma bayonot doirasida rivojlanib bormoqda.

Oliy darajadagi samarali siyosiy muloqot o’zaro hamkorlikning muvafaqqiyatli taraqqiyoti uchun zamin yaratadi. Prezident Islom Karimovning 2011-yil fevral oyida Yaponiyaga qilgan rasmiy tashrifi o’zbek-yapon munosabatlariga katta turtki bergani holda yangi amaliy mazmun bilan boyitdi. Tashrif yakunida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, moliyaviy-texnikaviy va boshqa sohalarni qamrab oluvchi hujjatlar to’plami imzolandi. Bugungi kunda ikki tomonlama munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asosini 140 dan ziyod hujjatlar tashkil qiladi.

Xalqaro tashkilotlar va institutlar doirasida ham konstruktiv hamkorlik yo’lga qo’yilgan. O’zbekiston BMT Xavfsizlik kengashi doimiy a’zoligiga Yaponiya nomzodini izchil qo’llab-quvvatlab kelmoqda. O’z navbatida, rasmiy Tokio Toshkentning xalqaro tashabbuslarini ma’qullamoqda.

Shunigdek, tomonlar “Markaziy Osiyo Q Yaponiya” muloqot mexanizmi doirasida ko’p tomonlama aloqalarni faol rivojlantirayapti. Hozirgi kunga qadar besh marotaba mazkur muloqot doirasida a’zo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlarining yig’ilishi o’tkazildi.

Ikki davlat parlamentlari o’rtasidagi aloqalar izchil rivojlanib borayotir. Kunchiqar mamlakat qonunchilik idorasida O’zbekiston bilan do’stlik Yaponiya parlamenti ligasi va “Yaponiya demokratik partiyasi - O’zbekiston” do’stlik ligalari tashkil etilgan. O’z navbatida, O’zbekiston parlamenti tarkibida “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi - Yaponiya Parlamenti” parlamentlararo guruhi faoliyat yuritib kelmoqda.

2002-yildan buyon ikki davlat tashqi siyosiy idoralari o’rtasida muntazam ravishda siyosiy maslahatlashuvlar o’tkazib kelinmoqda. Mazkur tadbirning 15-raundi joriy yil fevral oyida Toshkentda bo’lib o’tdi.

Yaponiya mamlakatimizning muhim savdo hamkorlaridan biri hisoblanadi. 2014-yilda o’zaro tovar aylanmasi qariyb 190 million AQSh dollarini tashkil qildi. Biroq mazkur ko’rsatkichlar ikki davlat o’rtasidagi mavjud salohiyatni to’la aks ettirmaydi.

Bugun Yaponiya O’zbekiston iqtisodiyotiga eng yirik sarmoya kiritadigan mamlakatlardan biri sanaladi. Neft-gaz sanoati, transport sektori, telekommunikatsiya, sog’liqni saqlash, ta’lim, qishloq xo’jaligi va boshqa sohalardagi ustuvor loyihalar ijrosi uchun ajratilgan jami moliyaviy mablag’lar miqdori 3,4 milliard AQSh dollaridan oshadi.

Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va Yaponiya Tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti (JETRO) o’zlarining mintaqaviy vakolaxonalari orqali ishbilarmon va jamoatchilik doiralari o’rtasida aloqalarni yo’lga qo’yish hamda beg’araz va texnik yordam dasturlarini amalga oshirishga ko’maklashmoqda.

2009-yil 24-sentabrda kuchga kirgan “Sarmoyalarni liberallashtirish, o’zaro himoya qilish va rag’batlantirish to’g’risida”gi hukumatlararo bitim Yaponiya kompaniyalarining O’zbekistonga qiziqishini yanada kuchaytirish barobarida o’zbekistonlik sheriklar bilan uzoq muddatli istiqbolga mo’ljallangan mustahkam aloqalar o’rnatishga xizmat qilmoqda.

Mazkur jarayonda 1994-yilda tuzilgan iqtisodiy hamkorlik bo’yicha O’zbekiston-Yaponiya va Yaponiya-O’zbekiston qo’mitalari muhim ahamiyat kasb etadi. Joriy yilning yanvar oyida Tokio shahrida o’tkazilgan mazkur tuzilmalarning XII qo’shma yig’ilishi yakuniga ko’ra, umumiy qiymati 3,8 milliard AQSh dollariga teng bo’lgan sarmoyaviy, kredit bitimlari va texnik ko’mak loyihalari to’plami imzolandi.

O’zbek va yapon xalqlari o’rtasidagi do’stona aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar dasturi yildan yilga kengaymoqda. O’zbekistonda doimiy ravishda yapon filmlari namoyishi, badiiy ko’rgazmalar, konsert va spektakllar, yaponiyalik san’at arboblarining mahorat darslari o’tkazib kelinmoqda. O’tgan yilning o’zida Toshkent shahrida “Zamonaviy yapon filmlari kunlari” va o’zbek san’at ixlosmandlarida katta qiziqish uyg’otgan yapon milliy qo’g’irchoqlar va o’yma naqshlari ko’rgazmasi o’tkazildi.

2001-yilda ming tup sakura ko’chati o’tqazilgan Yapon bog’i, 2002-yilda mashxur rassom Ikuo Xirayama ko’magida tashkil qilingan “Madaniyat karvonsaroyi” O’zbekiston-Yaponiya ilmiy-ijodiy markazi Toshkentdagi eng ommaviy joylardan biriga aylandi.

Shuningdek, Yaponiyaning yirik shahar va viloyatlarida doimiy ravishda O’zbekiston madaniyati, san’ati va sayyohlik salohiyati taqdimotlari o’tkaziladi. Tokio va Nagoya shaharlarida bo’lib o’tgan “Yaponiyada O’zbekiston kunlari” madaniy tadbiri bu boradagi navbatdagi eng yorqin voqyealardan biri bo’ldi.

1999-yilda ta’sis etilgan “O’zbekiston-Yaponiya” do’stlik jamiyati madaniyatlararo muloqotning muvafaqqiyatli rivojlanishiga sezilarli darajada zamin yaratmoqda. Ikki davlat o’rtasidagi yaqin aloqalarning rivojlanishiga katta hissa qo’shayotgan “Yaponiya-O’zbekiston” do’stlik uyushmasi va “Fukushima-O’zbekiston” madaniy-iqtisodiy hamkorlik uyushmasi mazkur tashkilotning asosiy hamkorlaridan biri hisoblanadi.

Fan va ta’lim sohasida ham izchil almashinuv amalga oshirilmoqda. Xususan, respublikamizda samarali qo’shma arxeologik tadqiqotlarning olib borilishi ilmiy va akademik doiralar vakillari o’rtasidagi hamkorlikning yorqin namunalaridan biridir. Mamlakatimizning janubiy hududlarida qadimiy buddaviylik davri yodgoliklarining topilishida “Do’stlik” ordeni sohibi mashxur arxeolog K.Katoning hissasini e’tirof etish lozim.

Iqtisodiyot, menejment, yurisprudensiya, telekommunikatsiyalar, sog’liqni saqlash, biznes, qishloq xo’jaligi, sayyohlik, bank-moliya sektori, transport va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan ikki mingdan ziyod o’zbek mutaxassislari “JICA” tashkiloti loyihasi bo’yicha Yaponiyada malaka oshirib qaytdilar.

Yaponiya hukumat granti doirasida har yili 15 nafar o’zbekistonlik talaba mazkur mamlakatning nufuzli oliy o’quv yurtlarida ta’lim oladi. 1999-2014-yillar davomida 293 kishi mazkur dastur bo’yicha oliy ma’lumotga ega bo’ldi.

Biznes-treninglar, yapon tili kurslari va boshqa madaniy tadbirlar o’tkazib kelayotgan O’zbek-yapon markazi kadrlar tayyorlash jarayoniga muhim hissa qo’shmoqda.

Mazkur mamlakatda ulug’ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy asarlarini sevib o’qilishi Yaponiya tomonidan xalqimiz tarixi va madaniyatiga bo’lgan hurmat va e’tiborning yana bir namunasidir. 2004-yilda Soka univeristetida mazkur mumtoz adabiyot namoyandasi va davlat arbobi haykali o’rnatildi.

O’zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni muvafaqqiyatli amalga oshirish, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, shuningdek, madaniyat va ta’lim sohasini rivojlantirish, dunyo mamlakatlari bilan do’stona aloqalarni o’rnatishda qo’shgan ulkan hissasining e’tirofi sifatida 2002-yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Yaponiyaning Vaseda va Soka universitetlari “Faxriy doktor”lik darajasi bilan taqdirlandi.

Shu asnoda o’tgan yillar mobaynida O’zbekiston va Yaponiya o’rtasidagi ko’pqirrali sermahsul hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratildi.

Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abening mamlakatimizga rasmiy tashrifi va oliy darajadagi o’zbek-yapon muzokaralari ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarda muhim voqea bo’lishi bilan birga ikki tomonlama manfaatli hamkorlikning mavjud salohiyatiga yangi sur’at berishi shubhasiz.

“Jahon” AA