O‘ZBEKISTON-YAPONIYA VAZIRLIKLARARO MASLAHATLASHUVLARIGA DOIR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2016-yilning 24-mart kuni Tokio shahrida O‘zbekiston va Yaponiya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning 16-raundi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida 2015-yilning 24-26-oktyabr kunlari Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abening O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar va bitimlarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, texnologik, moliyaviy va texnikaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi hamda xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.