O’ZBEKISTON YAPONIYADA BO’LIB O’TADIGAN SAYYOHLIK KO’RGAZMASIDA ISHTIROK ETADI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Yaponiya poytaxtida “JATA Tourism EXPO Japan-2015” xalqaro sayyohlik ko’rgazmasi o’z ishini boshladi. Mazkur tadbirda yurtimiz vakillari doimiy ravishda ishtirok etib keladilar.
Mamlakatimiz vakillari ishtiroki “O’zbekturizm” milliy kompaniyasi tomonidan tashkil qilindi. Mazkur ko’rgazmada “O’zbekturizm” milliy kompaniyasi, “O’zbekiston havo yo’llari” milliy aviakompaniyasi, “Buyuk Ipak Yo’li” davlat unitar korxonasi hamda “Marco Polo Central Asia Travel”, “Megatour”, “Darvesh Tour Service”, “Sheherezede Voyages”, “Samarkand Global Star”, “SamISI Sayyoh Plus”, “Sitara International” va “Anur Tour” singari mamlakatimizning yetakchi sayyohlik operatorlari ishtirok etdilar.
“JATA Tourism EXPO Japan-2015” Osiyo-Tinch okeani mintaqasida eng yirik sayyohlik ko’rgazmasi hisoblanadi. Tashkilotchilar bergan ma’lumotga ko’ra, 2014-yilda unda dunyoning 150 mamlakatidan 1000 dan ziyod eksponentlar ishtirok etgan. Ko’rgazmaga tashrif buyuruvchilar soni esa 120 ming kishini tashkil qilgan.
“Jahon” AA