Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEKISTON YENGIL SANOATINING RIVOJLANISHI «MASCHE» JURNALI NIGOHIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEKISTON YENGIL SANOATINING RIVOJLANISHI «MASCHE» JURNALI NIGOHIDA

Germaniyada har chorakda nashr etiladigan «Masche» iqtisodiy jurnalida O’zbekistonda to’qimachilik sanoatining rivojlanishi va uning sarmoyaviy salohiyatiga bag’ishlangan maqola bosilib chiqdi. Mazkur jurnal Germaniya trikotaj-to’quv mahsulotlari uyushmasining matbaa nashri hisoblanadi.

Maqolada xabar qilinganidek, mamlakatimiz keyingi yillar davomida yiliga 8 foizdan ziyod ko’rsatkichga ega bo’lgan iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini namoyish etmoqda. Manbaning qayd etishicha, respublikamiz oltin, ko’mir, gaz, mis va boshqa ko’plab tabiiy resurslarning ulkan zaxiralariga ega.

«O’zbekiston - jahon bozorini paxta tolasi va ipak bilan ta’minlaydigan yirik yetkazib beruvchilardan biri. Shu omil hisobga olinadigan bo’lsa, O’zbekistonning to’qimachilik sanoati nemis kompaniyalari uchun ikki tomonlama iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikning eng muhim sohalaridan biri ekanligi ayon bo’ladi. Ular xususiylashtirish va modernizatsiyalash jarayonlarida faol ishtirok etish, o’zbekistonlik sheriklar bilan uzoq muddatli o’zaro manfaatli shartnomalarni imzolash imkoniyatiga egadirlar», deb yozadi nashr.

Shuningdek, «Masche» jurnali o’z o’quvchilarini mamlakatimiz to’qimachilik sanoatini modernizatsiyalashga yo’naltirilgan sarmoyaviy dastur bilan ham tanishtirgan. Maqolada mazkur hujjatga muvofiq, 2020-yilga qadar mamlakat ichkarisida paxtani qayta ishlash hajmlarini 70 foizga qadar oshirish ko’zda tutilgani ma’lum qilingan.

«Jahon» AA