Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEKISTON “YEVROOSIYO HAFTALIGI-2016” XALQARO ANJUMANIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEKISTON “YEVROOSIYO HAFTALIGI-2016” XALQARO ANJUMANIDA

O’zbekiston delegatsiyasi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Parijdagi qarorgohida bo’lib o’tgan “Yevroosiyo haftaligi-2016” xalqaro forumi ishida hamda Yevroosiyo mamlakatlari raqobatbardoshligini oshirish mavzusiga bag’ishlangan Ishbilarmonlik anjumani va uning doirasida tashkil etilgan davra suhbatida ishtirok etdi.

“Yevroosiyo haftaligi”ni o’tkazishdan ko’zlangan asosiy maqsad yanada o’suvchan va raqobatbardosh bozorning shakllanishida hamda milliy va mintaqaviy barqaror o’sishning ta’minlanishiga Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) tomonidan mintaqa davlatlariga ko’mak ko’rsatish bilan izohlanadi.

Anjuman ishida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a’zo mamlakatlar, unga sherik bo’lgan xalqaro tashkilotlar vakillari, yirik kompaniyalar rahbarlari va soha ekspertlari qatnashdilar.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bosh kotibi A.Gurria anjuman ishtirokchilarini qutlar ekan, bugungi kunda kichik va o’rta korxonalar raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiyotni yanada diversifikatsiyalash va inklyuziv rivojlanish bo’yicha ishlarni kuchaytirish katta ahamiyat kasb etayotganini qayd etdi.

O’zbekiston Respublikasi delegatsiyasi taqdimoti chog’ida mamlakatimizning mustaqil taraqqiyot yillari davomida qo’lga kiritgan muvaffaqiyatlariga, jumladan, iqtisodiyotni liberallashtirish yuzasidan qabul qilingan chora-tadbirlar natijalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, respublikamizdagi jozibali ishbilarmonlik va sarmoyaviy muhit, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni institutsional hamda moliyaviy qo’llab-quvvatlash shakllangani, sanoat tarmoqlarini yanada diversifikatsiyalash va jadal modernizatsiyalash, ularning samaradorligini ta’minlash, iqtisodiyotda davlat ulushini kamaytirish va korporativ boshqaruvni qo’llash bo’yicha keng qamrovli ishlar olib borilayotgani to’g’risida atroflicha fikr yuritildi.

“Yevroosiyo haftaligi” doirasida kooperatsiya birjasi shaklidagi Ishbilarmonlik anjumani ham tashkil etildi. Unda axborot almashish va hamkorlikning istiqbolli yo’nalishlarini muhokama etish maqsadida Yevroosiyo mamlakatlari delegatsiyasi vakillari Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a’zo mamlakatlardagi yirik kompaniyalarning rahbarlari bilan uchrashdilar.

Bo’lib o’tgan muzokaralar chog’ida mamlakatimiz delegatsiyasi transport-kommunikatsiya infratuzilmalari, suv ta’minoti va irrigatsiya ob’yektlari injiniringi, qattiq va maishiy chiqindilarni qayta ishlash hamda boshqa sohalarda o’zaro hamkorlikni o’rnatish va rivojlantirish yuzasidan kelishuvlarga erishdi.

Tashkilot tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarda qayd etilishicha, kelgusi “Yevroosiyo haftaligi-2017” xalqaro forumi davomida “Markaziy Osiyo mamlakatlarida sarmoya jalb etish va raqobatbardoshlikni oshirish: diqqat markazida - O’zbekiston” deb nomlangan qo’shma loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ekspertlar tomonidan baholanadi.

“Jahon” AA, Parij