“O‘ZBEKISTON – YEVROPA ITTIFOQI” HAMKORLIGI KENGASHINING YIG‘ILISHIGA DOIR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yilning 18-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Brussel shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” Hamkorligi kengashining 12-yig‘ilishida ishtirok etdi.
YI delegatsiyasiga Yevropa Ittifoqida raislik qilayotgan Latviya tashqi ishlar Vaziri Edgars Rinkevichs boshchilik qildi.
Yig‘ilishda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamda “Markaziy Osiyo – YI” shaklidagi ikki tomonlama aloqalarning hozirgi holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar, jumladan Afg‘onistondagi holat yuzasidan fikr almashildi.
Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, bo‘lib o‘tgan ochiq va konstruktiv muloqot muhokama qilingan qator masalalar bo‘yicha o‘zaro tushunishga va hamkorlikni yanada rivojlantirishning yo‘nalishlarini belgilab olishga zamin yaratdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari va BMTning Jinoyatchilik va odil sudlov masalalari bo‘yicha mintaqalararo ilmiy-tadqiqot instituti (UNICRI) direktori Jonatan Lukas o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv doirasida Toshkent shahrida kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy materiallar bo‘yicha Markaziy Osiyo uchun ilg‘or tajribalar markazi Mintaqaviy sekretariatini ta’sis qilish va faoliyatini yurgizish to‘g‘risida Memorandum imzolandi. YI ushbu loyihaning tashabbuskori hisoblanadi va uni moliyalashtiradi.