Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘zbekiston Yevropa muhim xomashyo alyansiga qo‘shildi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘zbekiston Yevropa muhim xomashyo alyansiga qo‘shildi

Dunyo kritik minerallar bo‘yicha yangi davrga kirib keldi, shubhasiz, O‘zbekiston ham bu jarayonlar markazida bo‘lishga intilmoqda.
O‘tgan yili mamlakatimiz Yevropa Ittifoqi bilan muhim xomashyo sohasida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolagan edi. Endi esa yana bir katta qadam tashlandi — O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) Yevropa muhim xomashyo alyansi (ERMA)ga rasman a’zo bo‘ldi. Bu bizning global bozordagi o‘rnimizni yanada mustahkamlaydi.

ERMA nima?

Yevropa muhim xomashyo alyansi (ERMA) Yevropa sanoatining resurs siyosatini belgilovchi eng muhim platformalardan biri. U Yevropa sanoati uchun litiy, volfram, molibden va nodir yer elementlarini xavfsiz va barqaror manbalardan yetkazib berishni ta’minlaydi. Mazkur alyans Yevropaning yashil texnologiyalar va kelajak energetikasiga o‘tish jarayonida hal qiluvchi kuchga ega.

Mamlakatimiz uchun ushbu alyansning ahamiyati qanday?

1. Yevropa Ittifoqi bilan institutsional muloqotni yanada mustahkamlash – ayniqsa, xomashyoni chuqur qayta ishlash, sifat standartlarini joriy etish va eksport imkoniyatlarini kengaytirish yo‘nalishlarida;
2. Investitsion jozibadorlikni oshirish – xalqaro sertifikatlashtirish jarayonlarini yo‘lga qo‘yish va Yevropa miqyosidagi yirik loyihalarga faol jalb etilish orqali;
3. O‘zbekistonning xomashyo diplomatiyasini rivojlantirish – mamlakatni ishonchli va strategik hamkor sifatida xalqaro miqyosda tan olinishiga hissa qo‘shish;
4. Yevropaning texnologik va ilmiy klasterlari bilan hamkorlikni kengaytirish – xususan Germaniya, Fransiya, Finlyandiya va Avstriyada joylashgan ilg‘or markazlar bilan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish orqali.

Shuningdek, ushbu a’zolik TMKni kritik minerallar bozorida butunlay yangi darajaga olib chiqishi kutilmoqda. Xususan, Yevropa grantlari va investitsiyalari orqali bu yo’nalishdagi loyihalar uchun moliyaviy mexanizmlar kengayadi. Yevropaning ilg‘or markazlari bilan qo‘shma tadqiqotlar olib boriladi va innovatsiyalar tatbiq etiladi. TMK mahsulotlari xalqaro bozorga yanada yuqori sifat ko‘rsatkichlari bilan chiqadi.

ERMA direktori Massimo Gasparon ham hamkorlikdan umidli ekanini aytib, “Biz ERMA maqsadlarini amalga oshirish, shuningdek, Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida TMK bilan birgalikda ishlashni intiqlik bilan kutmoqdamiz”, - dedi.
Bir so‘z bilan aytganda, bu a’zolik O‘zbekistonni oddiy xomashyo yetkazib beruvchidan innovatsion hamkor darajasiga ko‘taradi.