Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQI: NAVQIRON AVLOD MANFAATLARINI HIMOYA QILISHNING YANGI TIZIMI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQI: NAVQIRON AVLOD MANFAATLARINI HIMOYA QILISHNING YANGI TIZIMI

Bugun mamlakatimiz aholisining 60 foizdan ortig‘i ulkan bunyodkorlik salohiyatiga ega yoshlardan iborat. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tashkil etilishi hamda 30 iyun — Yoshlar kuni sifatida e’lon qilinishi yigit-qizlarimiz hayotida unutilmas voqeaga aylandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboev bilan suhbatimiz yangi tashkilot oldida turgan vazifalar, kelajagimiz vorislari uchun yaratib berilayotgan keng ko‘lamli imkoniyatlar haqida bo‘ldi.

— O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga katta vakolatlar berildi. Siz ushbu tashkilot rahbari sifatida ayni paytda mamlakat Prezidentining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi hamsiz. Bu yigit-qizlarimiz faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

— Davlatimiz rahbari yoshlar muammolarini o‘zining shaxsiy muammosi sifatida qabul qiladi, ularni yuragidan o‘tkazib, hal etish uchun barcha chora-tadbirni ko‘radi. Shu sababli ham Ittifoqning biror-bir xodimi o‘zini amaldor his qilmasligi kerak. Ular navqiron avlod vakillarini o‘z ortidan ergashtira oladigan, muammolarini yechish orqali yigit-qizlarimizning ham do‘sti, ham yordamchisi bo‘lgan yetakchilardir.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining Prezident yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi, Oliy Majlis Senatining a’zosi etib tayinlanishi, hududiy kengashlar raislari tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlarining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanishi hamda maqomi bo‘yicha ularning birinchi o‘rinbosarlariga tenglashtirilishi amalda yoshlar masalalarini hokimiyatning oliy organlari muhokamasiga olib chiqish imkonini beradi. Ya’ni shunday tizim yaratilayaptiki, yigit-qizlarimizga tuman, shahar va viloyat darajasida yordam ko‘rsatish mumkin bo‘lmasa, masalani Prezident devoni, Oliy Majlis Senati darajasida hal qilamiz.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining yoshlar bilan muloqoti ham samarali tus oladi. Eng muhimi, bunday uchrashuvlar rasmiyatchilikdan xoli tarzda, ochiq va oshkora o‘tkaziladi. Bunda yoshlarimiz emin-erkin fikr bildirishadi, o‘z savollariga javob topishadi. Ta’lim tizimida yoshlar bilan Bosh vazir, oliy va o‘rta maxsus hamda xalq ta’limi vazirlari, yoshlar tadbirkorligi va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash bilan Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, Bosh vazir o‘rinbosari hamda Savdo-sanoat palatasi raisi, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bilan Prezidentning Davlat maslahatchisi va madaniyat vaziri doimiy ish olib borishi belgilandi. Bunga ko‘ra, har bir murojaat hukumat diqqat-e’tiborida bo‘ladi. Qisqacha aytganda, Ittifoq “Yoshlar — kelajak bunyodkori” shiori ostida professional faoliyat olib boruvchi tuzilmaga aylanadi.

— Bugungi o‘g‘il-qizlar — bo‘lajak mutaxassislar. Davlatimiz rahbari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi davlat va jamiyat uchun rahbar kadrlar tayyorlab beradigan o‘ziga xos markaz bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

— Zamonaviy ta’bir bilan aytganda, tashkilotimiz yoshlar uchun “sotsial lift” vazifasini bajarishi kerak. Bugun mamlakat hayotining barcha jabhasida jadal o‘zgarishlar jarayoni kechayapti. Davr bilan hamnafas, kerak bo‘lsa, zamondan bir qadam oldinda yurish uchun keng dunyoqarash, teran tafakkur lozim. Yigit-qizlarimizda bunday fazilat mavjud. Agar ular bilan to‘g‘ri ish olib borilsa, shak-shubhasiz, yoshlar ertangi taraqqiyotimizning asosiy ijodkorlari bo‘lishadi. Farzandlarimizning ulkan salohiyatidan unumli foydalanish katta ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, davlat boshqaruviga Vatanga sadoqatli, kelajakka daxldor yoshlarning jalb qilinishi yangi marralar sari yo‘l ochadi, ilg‘or yondashuvlarni yuzaga chiqaradi, jamiyat hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shu ma’noda aytganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshida Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tashkil etilishi maqsadga muvofiq. Bu institut nafaqat bilimli, tashabbuskor va tashkilotchi kadrlar zaxirasini, balki yoshlar muammolarini o‘rganishning yaxlit tizimini yaratadi. Demak, yuqorida aytilganidek, yigit-qizlarni qiynayotgan muammolar nafaqat joyida hal etiladi, balki ular ilmiy asoslangan tarzda o‘rganiladi, monitoring qilinadi va kelgusida bunday muammolarga jamiyatimizda butunlay barham berish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bugun tashabbuslari davlat darajasida qo‘llab-quvvatlanadigan istiqbolli yoshlar davri keldi, deb baralla ayta olamiz.

— Yoshlar tadbirkorligi — iqtisodiyotning jadal rivojlanayotgan sohalaridan biri. Yoshlar ittifoqining ham ushbu yo‘nalishni rivojlantirish, yigit-qizlarimizni ish bilan ta’minlash uchun shart-sharoit yaratish va ular bandligi holatini tahlil qilish bo‘yicha o‘z rejalari bordir?

— Hozir dunyoda taxminan 300 million nafar 18 — 30 yoshdagi kishilar yoki doimiy yoxud umuman ish joyiga ega emas. Ularning 20 foizi o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish qobiliyatiga ega bo‘lsa-da, turli omillar tufayli, bor-yo‘g‘i, besh foizi bunday imkoniyatini ro‘yobga chiqarayapti. Yurtimizda ish o‘rinlarining 80 foizdan ortig‘i aynan nodavlat sektorda yaratilayotgani diqqatga sazovordir.

Yigit-qizlarimiz Prezidentimiz Farmonida yosh tadbirkorlarga berilgan imtiyozlardan samarali foydalanishlari mumkin. Bu ular uchun o‘z biznesini tashkil qilish va rivojlantirish borasida katta imkoniyatdir.

Shuni chuqur anglab yetishimiz kerakki, agar yoshlar ish bilan band qilinmasa, bu nafaqat ularning o‘zi, oilasi, yaqinlari, balki davlat va jamiyat uchun ham muammoga aylanadi. Tadbirkor yoshlar, ayniqsa, qizlarning kasanachilik bilan band bo‘lishi uchun qulay sharoit yaratib berish, bu borada bo‘sh turgan ob’ektlardan imtiyozli shartlar asosida joy ajratish, yosh hunarmandlarga xom ashyo sotib olishlari uchun kredit berish, o‘z biznesini boshlagan yosh tadbirkorlar tomonidan Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan sug‘urta badalini olingan kreditlarni qoplashga yo‘naltirish va boshqalar O‘zbekiston yoshlar ittifoqining eng muhim vazifalaridandir. Bu borada yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida har bir tuman markazida, shaharda Yoshlar tadbirkorlik klasterlari tashkil etilayotgani, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi.

— Prezidentimiz yoshlar tashkilotining IV qurultoyida uyushmagan yoshlar bilan ishlash masalasiga alohida e’tibor qaratdi...

— Bu boradagi ilk tadbirimiz shu yilning avgust oyida bo‘lib o‘tadi. Bir qator vazirlik va idoralar bilan birgalikda uyushmagan yoshlar muammolari, ularni hal qilish yo‘llariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazishni rejalashtirayapmiz.

Shuni aytish kerakki, ayni kunda mamlakatimiz bo‘ylab 194 ta kasb-hunar kolleji binosi Ittifoqqa beg‘araz berilayapti. Ular negizida tuman va shaharlarda yoshlar markazlarini tashkil qilamiz. Bu yerda yigit-qizlarimiz olti oy davomida kasbga bepul o‘qitiladi, qayta tayyorlanadi hamda ishga joylashtiriladi. Bunday yigit-qizlarni moliyaviy ko‘mak bergan holda tadbirkorlik va fermerlikka jalb qilish o‘z samarasini beradi.

Shu bilan birga, Andijon, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida hamda poytaxtimizda yirik yoshlar markazlari barpo etilmoqda. Bunday inshootlar Buxoro, Xorazm, Samarqand va Qashqadaryoda ham tashkil etiladi. Ularda turli kasblarni o‘rgatish va chet tillarni o‘qitish kurslari, sport sektsiyalari, klublar, zamonaviy yoshlar kinoteatrlari, kutubxonalar, kitob do‘konlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa ertamiz egalarining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish imkonini beradi.

Hozir davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarida iste’dodli yigit-qizlarimizni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish mexanizmi haqida bosh qotirayapmiz. Shu bilan birga, yoshlarga oid davlat siyosatini olib borayotgan vakolatli organlar faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatamiz, uning natijalari bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘ramiz.

Yurtimizda ishsizlarning aksariyat qismini kollej bitiruvchilari tashkil etmoqda. Masalan, 2016 yili 477 ming 743 nafar yigit-qiz kollejlarni bitirib chiqqan va ularning 438 ming 503 nafari yoki 91,8 foizi ish bilan ta’minlangani to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Prezidentimiz haqli savolni o‘rtaga qo‘ydi: “Bu raqamlar qanchalik to‘g‘ri? Agar barcha kollej bitiruvchilari ishga joylashayotgan bo‘lsa, ishsiz yoshlar qaerdan paydo bo‘layapti? Kollej bitiruvchilari bilan to‘rt tomonlama shartnomalarni nomigagina imzolab, o‘zimizni o‘zimiz aldamayapmizmi?” Ushbu masalani yoshlar manfaatlarini himoya qiladigan tashkilot nazoratga olishi ayni zaruratdir.

Shu ma’noda, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aktsiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda “Targ‘ibоt poezdi”ni yo‘lga qo‘yishni reja qilganmiz. Yetakchilarimiz joylarga chiqib, faqat targ‘ibоt olib borish bilan cheklanmay, uyushmagan yoshlarning ham fikrini o‘rganish, ularni foydali yumushlarga jalb etish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, amaliy ishlarga rag‘batlantirish bilan shug‘ullanadi.

Qandaydir sabablarga ko‘ra chet ellarga ketgan yosh fuqarolarni e’tiborsiz qoldirmaymiz. Ularning manfaatlarini himoya qilish, Vatanga qaytarib kelgusida ish bilan ta’minlanishiga ko‘maklashish, maishiy turmush sharoitlarini hal etish kabi masalalar Ittifoq vazifalari sirasiga kiradi.

— Farmonda tashkilot huzurida yoshlar uyushmalarini tuzish ham ko‘zda tutilgan. Bu boradagi rejalaringiz haqida aytib bersangiz.

— Yil oxiriga qadar Ittifoqimiz qoshida turli yo‘nalishdagi o‘ttizta uyushma tuziladi. Ular yosh avlodning u yoki bu sohadagi manfaatlarini himoya qiladi. Hozirning o‘zida yosh olimlar, yosh fermerlar, yosh tadbirkorlar, yosh ijodkorlar uyushmalari, shuningdek, Yoshlar nashriyot uyi faoliyat yuritmoqda. U kelajagimiz egalariga mo‘ljallangan bosma nashrlarni birlashtiradi. Xalqaro press-klub bilan hamkorlikda Yoshlar press-klubini tashkil etishni ham mo‘ljallayapmiz, unda televidenie orqali bahs-munozaralar efirga uzatiladi.

Shuningdek, imkoniyati cheklangan yoshlar uyushmasi, sport klublari va fitnes markazlari, kinematografiya, yoshlar turizmi sohasidagi uyushmalarni tashkil etish ustida ish olib borilmoqda.

— Kam ta’minlangan oilalar vakillarini loyihalarga jalb qilish oson emas. Bu yo‘nalishda tashkilot qanday yo‘l tutmoqchi?

— Bugun biz shunday tashkilot tuzmoqchimizki, u yoshlarning manfaatini ta’lim olishdan to jamiyatda o‘z o‘rnini topishi va uy-joy bilan ta’minlanishgacha bo‘lgan barcha sohada himoya qila oladi. Hukumatimiz tomonidan taqdim etilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar hamda davlat mukofotlari bilan taqdirlash — bularning hammasi erkin fikrlovchi, bilimli, o‘z kuchi va qobiliyatiga ishonadigan, davlat va jamiyat rivojiga hissa qo‘shishni xohlovchi yigit-qizlarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlikdan ilhomlangan yoshlar, albatta, butun g‘ayrat-shijoatini taraqqiyot sari yo‘naltiradi.

— Yaqin istiqbolda yoshlarimiz qiyofasini qanday tasavvur qilasiz?

— Bu zamonaviy, o‘qimishli, intellektual va ma’naviy barkamol, g‘ayratli, erkin fikrli yosh fuqaro bo‘lib, u o‘z fe’l-atvori, axloqi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘ladi hamda yot g‘oyalarga, “ommaviy madaniyat” xurujlariga qarshi tura oladi. Vatanimiz taqdirini aynan ana shunday yigit-qizlarga ishonib topshirishni istardik. Ammo buning uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi juda ko‘p va xo‘b ishlashi, tegishli davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirishi zarur. Bu uddalash mumkin bo‘lgan vazifa. Negaki, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi tarixiy bosqichida yoshlarga oid davlat siyosatiga juda katta e’tibor berilmoqda.

Voyaga yetayotgan navqiron avlod respublikamizning siyosiy va ijtimoiy hayotida muhim rol o‘ynaydi. Bugun unga demokratiyani mustahkamlash, fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida ishtirok etish imkoniyati berilmoqda. Yigit-qizlar mamlakatimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga daxldorlikni his qilsa va ularni amalga oshirishda faol qatnashsa, islohotlar kutilgan muvaffaqiyatlarni beradi.

www.xs.uz