O’ZBEKISTON YOSHLAR TERMA JAMOASI XITOYDAGI XALQARO TURNIRDA ISHTIROK ETADI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Jasur Abduraimov boshchilik qilayotgan O’zbekston yoshlar terma jamoasi Xitoyda o’tkaziladigan xalqaro turnirda ishtirok etadigan bo’ldi, deb xabar beradi O’zbekiston Futbol federatsiyasi.
7 – 11- sentabr kunlari bo’lib o’tadigan yoshlar o’rtasidagi ushbu xalqaro musobaqada O’zbekistondan tashqari Yaponiya, Suriya hamda Xitoy yoshlar terma jamoalari ishtirok etadi.
O’yinlar 7, 9 va 11-sentabr kunlari o’tkaziladi.
Eslatib o’tamiz, O’zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi yaqindagina Yaponiyaning Xirosima shahri mezbonlik qilgan "Balcom BMW" xalqaro turniri g’olibi bo’lgandi.
Ta’kidlash joiz, Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi O’zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi 28-sentabr – 6-oktabr kunlari Bangladeshda bo’lib o’tadigan Osiyo Chempionati saralash bahslarida ishtirok etadilar.
“Jahon” AA