O’ZBEKISTON YOSHLAR TERMA JAMOASINING G’ALABASI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Yaponiyadagi "Balkom BMW" xalqaro turniridagi ishtiroki ishtirokini g’alaba bilan boshladi.
Yaponiyaning Xirosima shahrida start olgan "Balcom BMW Cup" xalqaro turniridagi ilk uchrashuvda Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi O’zbekiston yoshlar terma jamoasi Polsha yoshlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Ta’kidlash joiz, uchrashuv ancha qiziqarli va gollarga boy tarzda kechdi. O’yinning asosiy vaqti 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi va musobaqa reglamentiga ko’ra g’olib nomi o’yindan keyingi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda O’zbekiston yoshlar terma jamoasiga omad kulib boqdi va ushbu seriya 6:5 hisobida O’zbekiston yoshlar terma jamoasining g’alabasi bilan yakunlandi.
Avvalroq xabar berilganidek, ushbu musobaqada O’zbekiston va Polsha yoshlaridan tashqari Yaponiya hamda Xirosima shahri terma jamoasi yoshlari ham ishtirok etadilar.
O’zbekiston yoshlar terma jamoasi "Balcom BMW Cup" turniridagi ikkinchi o’yinini 11 avgust kuni Yaponiya yoshlariga qarshi o’tkazadi.
“Jahon” AA