Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTONDA 1,4 MINGDAN ORTIQ ADVOKATLIK TUZILMASI FAOLIYAT KO‘RSATMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTONDA 1,4 MINGDAN ORTIQ ADVOKATLIK TUZILMASI FAOLIYAT KO‘RSATMOQDA

Poytaxtimizda “Advokatlar faoliyatining huquqiy asoslari: muammo va yechimlar” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda advokatura sohasida uchrayotgan ayrim muammolarni bartaraf etish yo‘llari muhokama etildi.

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashi raisining o‘rinbosari A.Rahmonov, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi raisi R.Ahmedov va boshqalar mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida inson huquqlarini himoya qilishning samarali tizimi yaratilganini ta’kidladi.

Advokatura institutining roli oshirilgani ana shu maqsadga xizmat qilayotir. “Advokatura to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilingani, sohaga oid qonunchilik takomillashtirilgani mazkur institutni isloh qilishda muhim o‘rin tutdi. Bu ayblov va himoyaning tengligi va odil sudlovni amalga oshirishda tomonlar tortishuvi prinsipini ta’minlashga zamin yaratdi.

2009 yil 1 yanvardan kuchga kirgan “Advokatura instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun asosida himoyachining ishda ishtirok etishiga jinoyat protsessining har qanday bosqichida, shaxs ushlanganida esa uning harakatlanish erkinligiga bo‘lgan huquqi amalda cheklangan paytdan boshlab ruxsat etiladi. Agar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi qamoqda bo‘lsa, himoyachi u bilan jinoyat ishini yuritish uchun mas’ul davlat organlari va mansabdor shaxslarning ruxsatisiz, uchrashuvlar soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda xoli uchrashishga haqli.

Davlatimiz rahbarining 2008 yil 1 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida advokatura institutini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni advokaturani yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirishga yo‘l ochdi. Advokatlarning mustaqilligi kafolatlari kuchayib, bu kasbning nufuzi yanada oshdi.

Advokatlar palatasi tizimida hozirgi kunda 1,4 mingdan ortiq advokatlik tuzilmasi mavjud bo‘lib, ularda 3,7 mingdan ziyod advokat faoliyat yuritmoqda. Ularning mavqeini yuksaltirishga qaratilayotgan alohida e’tibor tufayli fuqarolar manfaatlarini himoya qilishdagi o‘rni tobora mustahkamlanmoqda.

Davra suhbatida advokatura institutining fuqarolarning tergov va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqini ta’minlash samaradorligini yanada oshirishga e’tibor qaratildi. Inson huquqlari va erkinliklarining samarali himoya qilinishini ta’minlashda advokatura sohasida uchrayotgan ayrim muammolarni bartaraf etish yo‘llari muhokama etildi.

Sohaga oid qonunlarda uchrayotgan ayrim bo‘shliqlarni aniqlash va ularni bartaraf etish, advokatura instituti faoliyatiga doir qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash zarurligi qayd etildi. Aholining huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish, qonunlar mohiyatini fuqarolarga, mansabdor shaxslar ongiga singdirib borishda bevosita advokatura tizimining ishtirokini yanada kuchaytirish zarurligi aytib o‘tildi.

O’zA