O‘ZBEKISTONDA 1 DEKABRDAN ISH HAQI, PENSIYALAR, STIPENDIYALAR VA NAFAQALAR MIQDORI OSHADI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Prezidenti ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 20 noyabr kuni ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Farmonga muvofiq, 2017 yilning 1 dekabridan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rta hisobda 15 foizga oshiriladi.
Farmonga ko‘ra, 2017 yilning 1 dekabridan O‘zbekiston hududida eng kam:
ish haqi — oyiga 172 240 so‘m;
yoshga doir pensiyalar — oyiga 336 880 so‘m;
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 336 880 so‘m;
zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 206 720 so‘m miqdorida belgilanadi.