O’ZBEKISTONDA 4G LTE TDD TARMOG’I ISHGA TUSHDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Poytaxtimizdagi International Tashkent Hotel mehmonxonasida «EVO» simsiz internet-provayderi (Janubiy Koreya) LTE to’rtinchi avlodining yangi tarmog’i ishga tushirilganiga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi. Unda rasmiy kishilar, EVO (Janubiy Koreya) ning ta’sischilari va vakillari, elchixonalar va boshqa tashkilotlarning xodimlari hamda poytaxt mehmonlari ishtirok etdilar.
Tadbir chog’ida OOO Super iMAX (Korea Telecom Corporation) vakillari va ularning sheriklari 4G LTE TDD texnologiyasining afzalliklari haqida so’zlab berishgani barobarida kelajakdagi rejalari bilan ham o’rtoqlashdilar.
4G LTE TDD tarmog’ini ishga tushirish loyihasining investori - KT Corporation kompaniyasi bo’lib, u Janubiy Koreya bozorida LTE texnologiyasi bo’yicha yetakchi hisoblanadi.
OOO Super iMax rahbari Kim Djong Sam qayd etganidek, LTE texnologiyasidan qo’llanish O’zbekiston aholisi uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi.
Tadbir doirasida EVOning faol abonentlarini taqdirlash marosimi ham bo’lib o’tdi.
«Jahon» AA