O’ZBEKISTONDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI TIZIMINING TAKOMILLASHUVI JANUBIY KOREYA MATBUOTI NIGOHIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Ilgari xabar berilganidek, Toshkentda «LG CNS Uzbekistan» O’zbekiston - Koreya yangi qo’shma korxonasi ochildi. Bu voqyea Janubiy Koreya ommaviy axborot vositalarida ham sezilarli qiziqish uyg’otdi.
Xususan, Koreyada ingliz tilida chop etiladigan «Korea Times» gazetasi mazkur yangi qo’shma korxona Janubiy Koreyaning axborot texnologiyalari sohasida faoliyat ko’rsatadigan «LG CNS» kompaniyasi va «O’zbektelekom» AK ishtirokida tashkil etilganini o’z o’quvchilarining e’tiboriga havola qilgan. U dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, qurilmaviy-dasturiy majmualarni o’rnatish va tatbiq etish, shuningdek, «Elektron hukumat» tizimi hamda iqtisodiyotning real sektori korxonalari uchun loyihaviy va texnikaviy hujjatlarni shakllantirish bilan shug’ullanadi.
Maqolada hayotga tadbiq etilayotgan “Elektron hukumat” qo’shma loyihasi zamonaviy axborot tizimlari va davlat muassasalari ma’lumotlar bazasini hamda interaktiv davlat xizmatlarini tatbiq qilish uchun ishonchli infratuzilmani shakllantirishni ta’minlashi alohida ta’kidlangan.
Bundan tashqari, «Korea Herald» gazetasi ham ushbu mavzuga murojaat qilgan. Nashr axborot texnologiyalari bozorini maqbul rivojlantirish maqsadida «LG CNS Uzbekistan» qo’shma korxonasi mahalliy kompaniyalar hamda soha mutaxassislari bilan o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan. Materialda «LG CNS» kompaniyasining ijrochi direktori Kim De Xunning quyidagi fikrlari ham o’z aksini topgan:
“Kompaniyamiz axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yetakchi o’rinlarni egallaydi. U O’zbekistonning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bozorida raqobatbardoshlikni oshirishga ko’maklashish maqsadida o’zining biznes salohiyatidan foydalanishi mumkin”.
Yuqoridagilandan tashqari, Koreyaning «Yonhap News Agency» axborot agentligi ham o’zining veb-portalida mazkur yangi qo’shma korxona O’zbekistonda quyosh panellari ishlab chiqarishni ham rejalashtirayotganini ma’lum qilgan. “Shu bilan birga, korxona xalqaro me’yorlarga javob beradigan axborot texnologiyalari mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan ham shug’ullanadi”, deb yozadi «Yonhap News Agency» axborot agentligi.
“Jahon” AA, Seul