Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTONDA BIOGAZ ENERGETIKASINI RIVOJLANTIRISH YANGI BOSQICHGA CHIQMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTONDA BIOGAZ ENERGETIKASINI RIVOJLANTIRISH YANGI BOSQICHGA CHIQMOQDA

Poytaxtimizda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan «O‘zbekistonda biogaz energetikasini rivojlantirish istiqbollari» mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda mamlakatimizda biogaz energetikasiga oid loyihalarni amalga oshirish bilan shug‘ullanib kelayotgan xalqaro tashkilotlar ekspertlari, soha mutaxassislari, biznes doiralari, tegishli vazirlik va tashkilot vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi N.Dadaxonova va boshqalar mamlakatimizda tabiiy boyliklardan oqilona va samarali foydalanish, ekologik toza issiqlik energiya manbalarini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi. Bu borada Birinchi Prezidentimizning 2015-yil 5-maydagi 2015-2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sig‘imini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risidagi qarori muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida quyosh, shamol, biomassa kabi energiya manbalaridan iborat bo‘lgan muqobil energetika sektorini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

– Mamlakatimizda chorvachilik va parrandachilikka ixtisoslashgan 6 mingdan ziyod fermer xo‘jaliklari faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ulardan har yili 6 million tonnadan ortiq organik chiqindilar hosil bo‘ladi, – deydi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bo‘lim boshlig‘i Farrux Omonov. – Mahalliy o‘g‘itni qayta ishlab, biogazga aylantirish ko‘p xarajat va ishchi kuchi talab etmaydi. Qoramol, qo‘y-echki, parranda go‘ngi va boshqa maishiy chiqindilar xomashyo manbai hisoblanadi. Biogazning yana bir foydali jihati ekologik vaziyatni yaxshilashidir. Yurtimizdagi qator fermer xo‘jaliklari hozirdanoq biochiqindilarga qayta ishlov berib, biogaz va bioo‘g‘itlar ishlab chiqaradigan qurilmalardan foydalanmoqda.

Biogaz 50 dan 70 foizgacha metan – yonuvchi gazdan iborat gazlar aralashmasi hisoblanib, oziq-ovqat tayyorlash, elektr va issiqlik energiyasini uzatishda qo‘llanilishi mumkin. Uni ishlab chiqarish davomida yuzaga keladigan chiqindilar qishloq xo‘jaligida foydalanish mumkin bo‘lgan yuqori sifatli o‘g‘it sanaladi.

Tadbir so‘ngida iqtisodiyotga zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish, biogaz ishlab chiqarishda davlat va xususiy sektorlar hamkorligini kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini yanada rivojlantirish, tizimda yangi istiqbolli loyihalar yaratish borasida fikr almashildi.

O’zA