«O’ZBEKISTONDA DIVERSIFIKATSIYALASHGAN IQTISODIYOTNING MUSTAHKAM POYDEVORI YARATILGAN»
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi Malayziyaning ekspert doiralari o’rtasida ham katta qiziqish uyg’otdi.
Xususan, Osiyo strategiya va yetakchilik instituti prezidentining o’rinbosari Maks Sey Malayziya poytaxtida «Jahon» axborot agentligiga bergan intervyusi chog’ida O’zbekiston qo’lga kiritayotgan muvaffaqiyatlarning zamirida davlat yetakchisi rahbarligida yaqin va uzoq muddatli istiqbolga mo’ljallangan puxta va chuqur o’ylangan siyosat yotishini qayd etdi.
Uning ta’kidlashicha, mustaqil rivojlanish yillari davomida mamlakatda hayotga tadbiq etilgan islohotlar tufayli diversifikatsiyalashgan iqtisodiyotning mustahkam poydevori yaratilganki, u taraqqiyot uchun katta salohiyatga egadir.
Ekspertning e’tirof etishicha, O’zbekiston sement, mineral o’g’itlar, paxta tolasi va boshqa ko’plab mahsulotlarni ishlab chiqarish bo’yicha Markaziy Osiyoning yetakchi mamlakati hisoblanadi. U, shuningdek, respublikamiz yuqori sifatli va raqobatbardosh oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha ham mintaqada birinchi o’rinni egallashini qayd etdi.
Olimning fikr bildirishicha, bu yo’nalishda erishilgan muvaffaqiyatlar mamlakatimiz iqtisodiyoti jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlariga nisbatan bardoshli ekanligidan dalolat beradi.
M.Sey O’zbekistonda yuqori texnologiyaga asoslangan avtomobilsozlik jabhasini yanada modernizatsiyalash yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlarga ham yuqori baho berdi. Uning aytishicha, bu soha respublikamiz sanoatining lokomotivlaridan biri hisoblanadi.
«Jahon» AA, Kuala-Lumpur