«O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY RIVOJLANISH VA TURMUSH DARAJASI» STATISTIK TO‘PLAMI NASHR ETILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy saytida xabar berilishicha, «O‘zbekistonda ijtimoiy rivojlanish va turmush darajasi» statistik to‘plami nashr etildi.
To‘plamda tovar va xizmatlar iste’mol bozori, transport va aloqa xizmatlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati to‘g‘risida statistik ma’lumotlar, asosiy demografik tavsiflar, aholi bandligi, uning turmush darajasi, yashash sharoitlari, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat sohalari ko‘rsatkichlari chop etilgan.
To‘plam korxonalar, tashkilotlar, vazirliklar, idoralardan olingan ma’lumotlar, shuningdek, uy xo‘jaliklari byudjetini tanlanma kuzatish ma’lumotlari asosida tayyorlangan.
O’zA