“O’ZBEKISTONDA ISHLAB CHIQARILGAN” YORLIG’I OSTIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“Toshkent Oniks” mas’uliyati cheklangan jamiyati shisha idish va turli yoritish priborlari ishlab chiqarishni yo’lga qo’ymoqda.
Ekspertlarning fikricha, korxonalarni qayta tashkil etish ularni moliyaviy sog’lomlashtirish va barqaror ishlab chiqarishni ta’minlashning samarali uslublaridan biridir. Bu esa, o’z navbatida, ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish, korxonalarni modernizatsiya qilish, mahsulotlar turini kengaytirish, tashqi va ichki investitsiyalarni jalb qilishni taqozo etadi. Bularning barchasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 4 apreldagi «Oniks» ochiq aksiyadorlik jamiyatining ishlab chiqarish maydonlarini moliyaviy sog’lomlashtirish va maqbullashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorida o’z aksini topgan.
Mazkur qaror qabul qilingach, «Oniks» ochiq aksiyadorlik jamiyati bazasida yangi “Toshkent Oniks” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etilib, bu yerda shisha buyumlar ishlab chiqarishga qaratilgan yangi loyiha hayotga tatbiq etilmoqda.
“O’zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasining investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va mahalliylashtirish boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari Abdurashid Mirjalilovning aytishicha, loyihaning umumiy qiymati 30 million dollardan ziyod.
Ishlab chiqarish ikki bosqichda tashkil etildi. Birinchi bosqichda yiliga 20 ming dona buyum ishlab chiqarishga mo’ljallangan elektr yoritish priborlari yig’ish sexi faoliyatini yo’lga qo’yish ko’zda tutildi. Buning uchun tegishli uskunalar xarib qilinib, 30 ish o’rni yaratildi. Bugungi kunda bu yerda 26 turdagi qandil va 5 turdagi bra ishlab chiqarilayotir va bu korxonaga iqtisodiy foyda keltirmoqda.
Ikkinchi bosqich shisha buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etishdan iborat bo’ldi. Bunday mahsulot tayyorlash texnologik uskunalari mamlakatimizda ishlab chiqarilmasligi inobatga olingan holda, soha mutaxassislari tomonidan shu xildagi uskunalar sotiladigan jahon bozori o’rganib chiqildi va ularni yetkazib berish bo’yicha tanlov e’lon qilindi. Tanlovda Italiyaning “ Stara Glass S.p.A” kompaniyasi g’olib bo’ldi.
Bugungi kunda korxonada montaj va ishga tushirish-sozlash ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda. Yaqin vaqt ichida 16 turdagi shisha buyumlar va 29 turdagi, jumladan, tarelka, bokal, fujer va boshqa ko’plab idishlar ishlab chiqariladi. Mahsulotlarni mahalliylashtirish darajasi 50 foizdan oshadi.
“Toshkent Oniks” mas’uliyati cheklangan jamiyatida jahon standartlariga mos eng ilg’or texnologik uskunalar o’rnatilgan. Ishlab chiqarish jarayoni to’liq avtomatlashtirilgan va energiya samaradorligi yuqori bo’lib, bu sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi.
Istiqbolda “O’zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi ichki bozorni “O’zbekistonda ishlab chiqarilgan” yorlig’i bosilgan yuqori sifatli mahsulotlar bilan to’ldirish imkonini beradigan yana bir qancha investitsiya loyihalarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.