"O’ZBEKISTONDA ISHLAB CHIQARILGAN"
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror sur’atlarda rivojlanishiga katta zamin yaratmoqda.
Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar o’zining ko’lami va mazmuni bilan iqtisodiyotni barcha jabhalarini qamrab olishi bilan birga tadbirkorlik faoliyatini yuritishda hamda biznesni olib borish imkoniyatlarini kengaytrishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ayniqsa, so’nggi yillarda respublikamiz Prezidentining tadbirkorlikni yanada qo’llab-quvvatlash borasida qabul qilgan Farmon va qarorlari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarini o’z faoliyatlarini yanada kengaytirishlariga va ishlab chiqarishni samarali tashkil etishga keng imkoniyatlarni ochib berdi.
Ma’lumki, kichik biznesning respublikamiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2014-yil yakuniga ko’ra 56,6% ni tashkil etgan. Bunda ayniqsa, real sektorda xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan va yangi mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan mahalliy kichik biznes korxonalarining salmog’i kundan-kunga ortib bormoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali mamlakatimizning chekka joylarida yangi ish o’rinlari yaratilishi bilan birga xalqimizning farovonligi ortishiga zamin yaratadigan ichki bozorimizda talab yuqori bo’lgan sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish ko’payib bormoqda.
Bugungi kunda “O’zbekistonda ishlab chiqarilgan” rukni ostida respublikamizning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ichki bozorda o’zining sifati va arzon narxi bilan nafaqat xalqimizga manzur bo’lmoqda, balki xorijiy bozorlarda ham o’z xaridorlarini topmoqda.
Ma’lumki, mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan tadbirkorlik sub’yektlari mahsulotni bozorda tez tanilishga erishish, reklama qilish, uni mahalliy bozorda sotish hamda dilerlik tarmog’ini yaratish masalalarida dastlabki qo’llab-quvvatlashga ehtiyoj sezadilar.
Shu munosabat bilan 2013-yildan boshlab, O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan tadbirkorlik sub’yektlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida, ommaviy axborot vositalari ishtirokida “O’zbekistonda ishlab chiqarilgan” rukni ostida kichik biznes korxonalari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning taqdimotini o’tkazish tashabbusini ilgari surmoqda, deya xabar beradi palata matbuot xizmati.
2014-yilda respublika hududlarida “O’zbekistonda ishlab chiqarilgan” rukni ostida 350 dan ortiq kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari ishtirokidagi 12 ta taqdimotlar o’tkazildi. Kichik biznes korxonalari tomonidan o’tkazilgan taqdimotlar mobaynida turli iste’mol va noiste’mol mahsulot turlari namoyish etildi.
Shuningdek, Xorazm, Sirdaryo, Samarqand, Buxoro viloyatlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi va Toshkent shahrida yurtimiz tadbirkorlari ishtirokidagi ko’rgazmalar o’tkazildi. Ushbu tadbirlarda jami 319 nafar kichik biznes sub’yektlari ishtirok etdi.
Istiqlol yillarida iqtisodiyotimiz va uning yetakchi tarmoqlari, jumladan elektrotexnika sanoati jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda. O’tgan yil yakunlariga ko’ra, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari umumiy hajmida elektrotexnika sanoati ulushi qariyb 2 foizni tashkil etdi. Ana shu omillarni hisobga olgan holda, bu yilgi “O’zbekistonda ishlab chiqarilgan” rukni ostidagi ko’rgazma elektrotexnika sohasiga bag’ishlanadi.
Prezidentimizning shu yil 4 martidagi 2015-2019-yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o’zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risidagi farmoni elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Hujjatga muvofiq, sohada umumiy qiymati 268,5 million dollarlik 39 istiqbolli investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Tadbirda “FOTON” MCHJ, “AZN” MCHJ, “UZTELMASH” MCHJ, “ROISON ELECTRONICS” QK MCHJ, “Alubond Composite Material” QK MCHJ, “O‘zelektroapparat” QK MCHJ va boshqa tadbirkorlik sub’yektlari ishtirok etdilar.
Mazkur tadbirdan ko’zlangan maqsad kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni respublikamiz ommaviy axborot vositalari yordamida xalqimiz e’tiboriga yetkazish hamda ularning mahsulotini mahalliy bozorlarda keng tarqalishiga ko’maklashishdan iboratdir.
“Jahon” AA