“O’ZBEKISTONDA MUQOBIL ENERGETIKANI RIVOJLANTIRISH BO’YICHA KO’RILAYOTGAN CHORA-TADBIRLAR YUQORI BAHOGA LOYIQ”
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Ma’lumki, muqobil energetikani rivojlantirish masalasi bugungi kunda butun dunyoda muhim ahamiyat kasb etayotgan bir sharoitda O’zbekistonning tabiiy imkoniyatlari serquyosh o’lka sifatida quyosh energiyasini ishlab chiqarish va undan turli sohalarda foydalanishborasida cheksiz imkoniyatlarni yaratadi.
Mamlakatimizda elektr energiyasi olishda innovatsiya texnologiyalari va ekologik jihatdan toza usullarning faol qo’llanilishi xorijiy ekspertlar o’rtasida katta qiziqish uyg’otmoqda. Hindistonning “Evergreen Solar Systems India” energetika kompaniyasi bosh menejeri Gopal Damodaran Gopalakrishnan “Jahon” axborot agentligi muxbiri bilan bo’lib o’tgan suhbat chog’ida ushbu mavzu yuzasidan o’z fikr-mulohazalarini o’rtoqlashdi.
— Muqobil energetikani rivojlantirish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish dunyoning ko’pgina mamlakatlari uchun dolzarb masala hisoblanadi, - dedi hind mutaxassisi. - Respublikangizning ushbu yo’nalishni rivoj toptirish uchun zarur sharoitni yaratish, tegishli huquqiy-me’yoriy zaminni shakllantirish yo’lidagi sa’y-harakatlari O’zbekistonda atrof muhiti muhofazasi hamda ekologik xavfsizlik masalalari ustuvorligidan dalolat beradi.
Mamlakat yil davomida 320 dan ziyod quyoshli kunga, salmoqli ilmiy-texnikaviy zamin hamda muqobil energiyani loyihalashtirish va undan foydalanish bo’yicha katta hajmdagi konstruktorlik va texnologik ishlanmalarga ega. O’zbekistonda bu sohani rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar yuqori bahoga sazovordir.
Kompaniyamiz uzoq yillardan buyon iqtisodiyotning turli jabhalariga muqobil energiyani qo’llash sohasida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. O’zbekistonlik kasbdoshlarimiz bilan o’zaro manfaatli hamkorligimiz muvaffaqiyat bilan davom etishiga umid qilamiz.
“Jahon” AA, Dehli