“O’ZBEKISTONDA NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARINING SAMARALI FAOLIYATI UCHUN KENG IMKONIYATLAR YARATILGAN”
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishini qo’llab-quvvatlash, jamiyat va davlat ishlari boshqarilishida ularning o’rni hamda ahamiyatini kuchaytirish, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini qo’llab-quvvatlash yuzasidan olib borilayotgan keng ko’lamli ishlar xorijiy mamlakatlarning ommaviy axborot vositalarida ham katta qiziqish uyg’otmoqda.
Jumladan, Hindistonning “Sarkaritel” va “DiplomacyIndia” axborot-tahlil portallari mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari tutayotgan o’rin haqidagi maqolalarini e’lon qildi.
Mazkur elektron nashrlarning yozishicha, yaqinda Parij shahrida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida O’zbekiston tajribasini ko’rib chiqishga bag’ishlangan davra suhbati chog’ida tadbir ishtirokchilari fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishini qo’llab-quvvatlash, jamiyat va davlat ishlari boshqarilishida ularning o’rni hamda ahamiyatini kuchaytirish, aholining ijtimoiy, ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, inson huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini muhofaza etish sohalarida hayotga tatbiq qilinayotgan keng ko’lamli ishlar bilan yaqindan tanishgani hind o’quvchilarining e’tiboriga havola qilingan.
“Sarkaritel” va “DiplomacyIndia” ma’lum qilganidek, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini hayotga tatbiq etish doirasida ko’rilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar fransiyalik ekspertlarda katta qiziqish uyg’otgan.
Mazkur axborot-tahlil portallari O’zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining davlat organlari qarorlarini ishlab chiqishda, qonun loyihalarini tayyorlash va muhokama qilishda, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari hamda normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda qatnashish huquqi mustahkamlanganini e’tirof etgan. Ular O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi hamda rivojlanishiga ko’maklashish sohasidagi demokratik o’zgarishlar jamiyat va davlat qurilishining boshqa sohalaridagi demokratlashtirish hamda modernizatsiyalash jarayonlari bilan yaqin aloqadorlikda tizimli, izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganini ham alohida ta’kidlashgan.
“Jahon” AA, Dehli