Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEKISTONDA PREZIDENT SAYLOVIGA TAYYORGARLIK XORIJIY EKSPERTLAR NIGOHIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEKISTONDA PREZIDENT SAYLOVIGA TAYYORGARLIK XORIJIY EKSPERTLAR NIGOHIDA

Xorijiy mamlakatlarning ekspert-tahliliy doiralari va ommaviy axborot vositalarida O’zbekistonda bo’lib o’tadigan Prezidenti sayloviga tayyorgarlik keng muhokama qilinmoqda. Ularning ayrimlari bu boradagi o’z mulohazalarini “Jahon” axborot agentligi muxbiri bilan o’rtoqlashdilar.

Sidxart Saksenna, Markaziy Osiyo bo’yicha Kembrij forumi raisi (Buyuk Britaniya):

— Mening nazarimda, hozirgi saylovoldi jarayoni tarixiy ahamiyati hamda mazmun jihatidan boyitilganligi bilan bir qadar hayajonli kechmoqda. Mintaqa bo’yicha ko’plab mutaxassislar birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan barpo etilgan siyosiy tizim barqarorlashayotgani va mustahkamlanayotganini qayd etmoqdalar. Bundan tashqari, menimcha, O’zbekistonda o’tish davri, boshqa davlatlardagi shunga o’xshash holatdan farqli o’laroq, faqat saylovoldi tashviqotlardan iborat bo’lmay, mamlakatning yuqori tashqi siyosiy faolligi bilan birga, qator muhim ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar bilan boyib bormoqda.

Mehnatsevar va tinchliksevar o’zbek xalqi barqarorlikni har narsadan ustun qo’yishi va har ishda o’z mahoratini qo’llash imkoniyatlarining mavjudligi menga ma’lum. Shuning uchun, prezidentlik lavozimiga to’rtala nomzodning ham saylovoldi dasturi ijtimoiy sohani yaxshilash, ish o’rinlarini yaratish, ta’lim darajasini oshirish, milliy birlikni mustahkamlash bo’yicha aniq tashabbus va takliflar bilan boyitilganligi men uchun ajablanarli emas. Dunyoning ayrim burchaklarida nomzodlarning saylovoldi tashviqotlari davri omma oldida bir-birini kamsitishdan iborat bo’lib kelayotgan bir paytda, o’zbek siyosatchilari nafaqat ehtiyotsizlikka yo’l qo’yishadi, balki o’z xalqi oldidagi ulkan mas’uliyat hissini bir lahza bo’lsa ham unutishmaydi.

Men saylov natijalarini katta umidvorlik bilan kutaman. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosining to’laqonli missiyasi va ko’p sonli xalqaro kuzatuvchilarning Prezident saylovini monitoring qilishi O’zbekistonning ushbu tadbirni qabul qilingan xalqaro andozalarga mos tarzda o’tkazish masalasida sobit ekanligidan dalolat beradi.

Marit Foss, Diva International jurnali noshiri va bosh muharriri (Shveysariya):

— Men O’zbekistonda bo’lib o’tadigan voqyea-hodisalarni diqqat bilan kuzatib boraman. Ayni kunlarda mamlakatingizda kechayotgan saylov jarayonlari meni lol qoldirmoqda. Prezidentlik lavozimiga nomzodlar har kuni joylarda saylovchilar bilan uchrashmoqda, ularni o’z saylovoldi dasturlari, mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayoti haqidagi mulohazalari bilan tanishtirmoqda hamda dolzarb muammolarni hal etish yuzasidan o’z takliflari bilan o’rtoqlashmoqda.

Bu nafaqat hozirgi saylov kampaniyasidan kelib chiqib, balki O’zbekistonning uzoq muddatli rivojlanishi yo’lida o’z rejalarini shakllantirayotgan siyosiy partiyalar o’rtasidagi zamonaviy raqobatdan dalolatdir. Shuningdek bu, o’z navbatida, siyosiy tizimning mustahkamligi, uning yuksak demokratik andozalar va inson huquqlari muhofazasiga asoslanganligini anglatadi.

Pyer-Mishel Viro, Shveysariya va Lixtenshteyn xorijiy matbuot uyushmasining a’zosi:

— O’zbekistonda bo’lib o’tadigan Prezident sayloviga tayyorgarlik mamlakatni rivojlantirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va demokratlashtirish ishiga yangicha yondashish doirasida sifat jihatidan yangi sharoitlarda olib borilmoqda, saylov kampaniyasining yuqori darajada faolligi kuzatilmoqda.

Bugun O’zbekiston aholisining 60 foizi 35 yoshgacha bo’lgan yoshlardan iborat bo’lgan navqiron va jadal rivojlanayotgan davlatdir. Saylovda 20 milliondan ziyod fuqaro ishtirok etadi. Aminmanki, ular mamlakatni yuqori cho’qqilar va muvaffaqiyatlar sari boshlaydigan munosib nomzodga ovoz berishadi.

Faxri Hamza, Indoneziya Respublikasi parlamenti Xalq vakillari palatasining spikeri:

— Saylovoldi kampaniyasini kuzatish menga O’zbekistonning rivojlangan demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish tamoyillari bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. Jamiyatni demokratlashtirish va aholi farovonligini oshirish borasida izchil amalga oshirilayotgan islohotlar yuksak bahoga munosibdir. Shu bilan birga, o’zbek xalqining boy tarixi va bebaho madaniy merosi ham kishini hayratga soladi.

O’zbekiston saylov tizimi demokratiyaning zamonaviy va umume’tirof etilgan andozalari va tamoyillariga javob berishini ta’kidlashni istardim. Saylovchilarning ushbu jarayonda umumiylik va teng huquqlilik asosida, to’g’ridan-to’g’ri va yashirin ovoz berishi fikrimga misol bo’la oladi. Bundan tashqari, mazkur muhim siyosiy tadbirni yuksak tashkiliy va siyosiy saviyada o’tkazish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Amzulian Rifai, Indoneziya Ombudsman instituti raisi:

— Prezident saylovi har bir davlatning taraqqiyoti va uning fuqarolik jamiyati mustahkamligi darajasining ko’rsatkichi hisoblanadi. Shu munosabat bilan men O’zbekistonda Prezident saylovini o’tkazishga ochiqlik va shaffoflik ruhida mas’uliyatli va malakali yondashuvni ijobiy baholayman. O’zbekiston xalqi o’z vatanining yanada gullab-yashnashi uchun ovoz berish jarayonida faol qatnashishiga ishonaman.

Shu yil oktabr oyida “O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlashning milliy tizimi: mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar” mavzusida Toshkentda bo’lib o’tgan xalqaro konferensiyada qatnashish jarayonida men mamlakatingizda qonunchilik sohasida amalga oshirilgan islohotlar hamda erishilgan yutuqlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo’ldim. Kuchli qonunchilik asosi va saylovga tayyorgarlikning tartibli tashkil etish darajasi uning muvaffaqiyatli o’tkazilishida muhim o’rin tutadi.

Rafael Nektal, The Bukharian Times gazetasi bosh muharriri (AQSh):

— Men bir necha marta O’zbekistonga borganman, mamlakatning birinchi Prezidenti Islom Karimov rahbarligi ostida erishilgan yutuqlarning guvohi bo’lganman.

O’zbekistonda chorak asr davomida erishilgan yutuqlar keng imkoniyatlarga ega bo’lgan mamlakatni rivojlantirgan iqtisodiy taraqqiyotning o’zbek modeli hayotiy ekanligini tasdiqlaydi. Osoyishta turmush, ertangi kunga ishonch, ko’ppartiyaviylik, e’tiqod erkinligi, aholi farovonli va yosh avlod ta’limi darajasi hamda bolalar va o’smirlar estetik tarbiyasining oshishi muhim muvaffaqiyatlar sirasiga kiradi.

O’zbekiston xalqi bo’lib o’tadigan saylovda mamlakatda kechayotgan islohotlarni davom ettiradigan va ularni kengaytiradigan munosib nomzodga ovoz berishiga umid qilaman.

“Jahon” AA