O`ZBEKISTONDA QORAMOLLAR UMUMIY SONI 11,1 MILLION BOSHGA YETDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi tarqatgan ma’lumotlarda qayd etilishicha, qishloq xo`jaligini texnik va texnologik yangilashga doir amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida 2015 yil boshidan buyon chorvachilikni rivojlantirish bo`yicha qoramollar umumiy soni 57,5 ming bosh bo`lgan 2,4 mingdan ortiq loyiha, parrandachilikni rivojlantirish bo`yicha parrandalar soni 11,9 million bo`lgan 800 loyiha, baliqchilikni rivojlantirishga doir 864 va asalarichilik xo`jaliklarini rivojlantirish bo`yicha 916 loyiha hayotga tatbiq etildi.
Natijada o`tgan davrda qoramollar umumiy soni 11,1 million boshga yetdi (2014 yilning birinchi yarmiga nisbatan 103,1 foiz), 944 ming tonna go`sht (106,5 foiz), 3,9 million tonna sut (106,8 foiz), 2,8 milliard dona tuxum (111,6 foiz) yetishtirildi.
“Jahon” AA