O’zbekistonda Rossiyaning «VIM-avia» aviakompaniyasi samolyotiga texnik xizmat ko‘rsatilmoqda
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

«Uzbekistan airways technics» aviakorxonasida «UAT» AKning doimiy mijozi – Rossiyaning «VIM-avia» aviakompaniyasi samolyotiga texnik xizmat ko‘rsatilmoqda, deya xabar beradi “O’zbekiston havo yo’llari” Milliy aviakompaniyasi matbuot xizmati.
Aviakorxonaga xorijiy buyurtmachilarni jalb qilish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda va bugungi kunga kelib «UAT» AKning doimiy mijozi –«VIM-avia» aviatashuvchisining Boeing-757-200 havo kemasiga С-check shaklidagi texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma mashkur sa’y-harakatlarning ijobiy natijasi bo‘ldi. Hozirgi vaqtda samolyotga murakkab shakldagi texnik xizmat ko‘rsatish jarayoni qizg‘in pallada.
Ushbu samolyotga texnik xizmat ko‘ratish va ta’mirlash bo‘yicha ishlar tugatilgandan so‘ng bortida «VIM-avia» logotipi tushirilgan navbatdagi Boeing-757-200 havo kemasini С-check shaklida texnik xizmat ko‘rsatish uchun qabul qilish rejalashtirilmoqda.