Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEKISTONDA TADBIRKORLARNI MIKROKREDITLASH TIZIMI SODDALASHTIRILADI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEKISTONDA TADBIRKORLARNI MIKROKREDITLASH TIZIMI SODDALASHTIRILADI

2017 yilning 17 martida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Tadbirkorlik sub’ektlari va aholining keng qatlamini mikrokreditlash tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarorga imzo chekdi. Ushbu hujjat individual mehnat faoliyatini rag’batlantirish yo’li bilan aholi bandligini oshirish uchun imtiyozli mikrokreditlardan keng foydalanishni ta’minlashga qaratilgan.

Qarorda yangi ro’yxatga olingan yakka tadbirkor (YAT) va oilaviy tadbirkorlik sub’ektlari (OTS) ga yuridik shaxs tashkil etmasdan eng kam ish haqining 20-barobari miqdorida mikrokreditlar ajratishning soddalashtirilgan mexanizmini joriy etish ko’zda tutilgan. Bunda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun xarid qilingan tovarlar garov sifatida qabul qilinadi.

Shu bilan birga O’zRning “Fuqarolarning o’zini- o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi Qonunining 11-moddasiga binoan, yangi ro’yxatga olingan YAT va OTS tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishi uchun eng kam ish haqining 60 barobari miqdoridagi mikrokreditni qonunchilikda ko’rsatilgan garovlar bilan bir qatorda fuqarolarni o’zini-o’zi boshqarish organlari kafilligi asosida ajratish ham ko’zda tutilgan.

Sartaroshlik, santexnika xizmatlari, kalit yasash, optika, soatlar va maishiy texnikalarni ta’mirlash, gravyura va chilangarlik ishlari, dizayn xizmati, paxta titish va tozalash kabi 18 turdagi faoliyat bilan shug’ullanuvchi yangi ro’yxatga olingan YAT va OTS yuqorida qayd etilgan mikrokreditlarni rasmiylashtirsa 2021 yilning 1 yanvarigacha belgilangan soliqni to’lashdan ozod etiladi.

Davlat ro’yxatiga olingan kundan 12 oy mobaynida tugatilgudek bo’lsa yoki uch yoki undan ko’p oy muddatga faoliyati to’xtatilgan taqdirda belgilangan soliq amalda ishlagan davri uchun to’lanishi shart.

Qarorda belgilanganidek, Imtiyozli kreditlash Fondi mablag’i hisobidan kreditlar tijorat banklari tomonidan 47 chekka va olis hududlarda, shuningdek, mehnat resurslari haddan ziyod ortiq bo’lgan tumanlarda yangi ro’yxatga olingan YAT va OTSga eng kam ish haqining 100 barobari miqdorida ajratiladi.

Mahalliy davlat hukumati organlari va mas’ul idoralarga tijorat banklari kreditlari hisobiga naqd pulsiz hisob-kitob yo’li bilan xarid qilingan qora mol, qo’y-echkilar, quyonlar, parrandalar, baliqlar, asalari uyalari, mevali daraxtlar va uzum ko’chati, urug’liklar, mineral o’g’it lar, o’simliklarni kimyoviy himoyalash vositalari, maishiy texnika, uskunalar, qurilish materiallari va boshqalarni hech qanday cheklovlarsiz yetkazib berishni ta’minlashga ko’maklashish vazifasi yuklatildi.

Bir oy muddat ichida xar bir hududdagi hozirgi ahvolni tahlil qilish asosida qishloq xo’jaligi mahsulotlari, maishiy texnika, uskunalar, qurilish materiallari va boshqa turdagi mahsulotlarni yetkazib berishga ixtisoslashgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tuziladi.

UzReport