“O’ZBEKISTONDA TINCHLIK VA FAROVONLIK YO’LIDAGI SAMARALI MEHNAT BARDAVOM, MUSTAQILLIK BOQIY BO’LSIN!”
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Ilgari xabar qilinganidek, mamlakatimiz davlat mustaqilligining 25 yillik bayrami arafasida xorijiy mamlakatlar ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ilmiy-madaniy doiralarining vakillari ushbu qutlug’ sana munosabati bilan o’zlarining samimiy tilaklarini yo’llamoqdalar.
Quyida Afg’oniston Islom Respublikasining Balx viloyati ijtimoiy-siyosiy doiralari vakillari “Jahon” axborot agentligi uchun bergan intervyulari chog’ida bildirgan fikr-mulohazalar o’z ifodasini topgan.
Solih Muhammad Holiq, Balx viloyatining axborot va madaniyat boshqarmasi boshlig’i:
— Ma’lumki, davlat tomonidan xalq tinchligi va farovonligini ta’minlash uchun ishlab chiqiladigan rejalar va ularning bajarilishi xalq bilan hukumat mas’ullari o’rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlaydi. Bu, ayniqsa, ichki muammolarni ijobiy hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, bizga qo’shni mamlakat - do’st va birodar O’zbekistonda erishilgan muvaffaqiyatlarning asosiy sababi davlat tomonidan olib borilayotgan oqilona ichki va tashqi siyosatning natijasidir.
Men shunga aminmanki, qo’shni O’zbekiston Afg’oniston xalqiga va hukumatiga nisbatan hamisha do’st va yaxshi qo’shni bo’lib kelgan, bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi. Afg’oniston xalqi O’zbekistonning turli sohalarda, xususan, iqtisodiyot va madaniyat jabhalarida ko’rsatayotgan ko’maklaridan bahramand bo’lib kelmoqda.
O’zbekiston rahbariyati tomonidan olib borilayotgan oqilona ichki va tashqi siyosat, shuningdek, mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar mintaqa davlatlari uchun o’rnak bo’la oladi.
Ushbu fursatdan foydalanib, qo’shni va birodar O’zbekiston Respublikasi xalqini hamda hukumatini mamlakat davlat mustaqilligining 25 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman. Ishonchim komilki, o’zbek xalqi mamlakatdagi mavjud imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda yanada yuksak marralarga erishadi.
Qozi Muhammad Some’, Afg’oniston shimoliy hududlarida inson huquqlarini himoya qilish tashkilotining rahbari:
— 2016-yilning O’zbekistonda “Sog’lom ona va bola yili” deb e’lon qilingani e’tiborga molik voqyeadir. Bu mamlakat hukumatining yosh avlod salomatligi va uning kelajagini ta’minlash yo’lidagi g’amxo’rligi hisoblanadi.
O’zbekiston mustaqillikni qo’lga kiritganidan so’ng mintaqada xavfsizlikni ta’minlash, qo’shni davlatlar bilan do’stona aloqalarni mustahkamlash borasida ko’pgina e’tiborga sazovor ishlarni amalga oshirdi. Mamlakatda aholi tinchligi va osoyishtaligi ta’minlangan. Bu, o’z navbatida, mintaqadagi vaziyatga va qo’shni davlatlarga ham o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi. O’zbekistonda tinchlik va osoyishtalikning barqarorligi biz, Afg’oniston xalqi uchun muhim ahamiyatga ega.
Ma’lumki, qaysi mamlakatda tinchlik va osoyishtalik ta’minlangan bo’lsa, o’sha yurtda iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot, ma’naviy yuksalish bo’ladi. O’zbekisonda 130 dan ziyod millat va elatlar, 16 diniy konfessiya vakillari yagona oiladek, o’zaro hamjihatlik va birdamlikda yashab kelayotgani bizni quvontiradi.
O’zbekiston davlat mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan respublika rahbariyati va do’st o’zbek xalqiga o’zimning samimiy tabriklarimni izhor etaman. Mustaqillik yillari davomida erishilgan yuksak muvaffaqiyatlar asrlar davomida ko’z qorachig’idek asralishiga ishonaman.
O’zbekistonda tinchlik va farovonlik yo’lidagi samarali mehnat bardavom, mustaqillik boqiy bo’lsin!
“Jahon” AA, Mozori-Sharif