Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASINI ISHLAB CHIQISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASINI ISHLAB CHIQISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, vazirlik va idoralar vakillari, sayyohlik firmalari, mehmonxonalar rahbarlari, turistik obyektlar mas’ul xodimlari ishtirok etgan tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 2-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonining ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari S.Safoyev, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.Sharopov va boshqalar mazkur farmon turizm industriyasi rivojida yangi bosqichni boshlab bergani, unda sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, mamlakatimiz sayyohlik imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha ulkan vazifalar belgilanganini ta’kidladi.

Tadbirda turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasini ishlab chiqish va izchil amalga oshirish, sohaning huquqiy va tashkiliy asoslarini takomillashtirish, hududlarda turizm mahsulotlari yaratish va ularni jahon bozorida targ‘ib qilish yuzasidan taklif va tavsiyalar ko‘rib chiqildi. «2017-2021-yillarda turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasining dastlabki rejasi», «O‘zbekiston Respublikasida turizm imkoniyatlari: holati, taklif va tavsiyalar, amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari», «Turizm sohasida xalqaro hamkorlik va investitsiya» kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Yig‘ilishda xalqaro tajriba va O‘zbekiston amaliyotining muvaffaqiyatli jihatlaridan keng foydalanish, mamlakatimizda ommalashgan madaniy-tarixiy turizm bilan birgalikda sayyohlikning boshqa salohiyatli turlarini ham izchil rivojlantirish, hududlarda yangi turizm yo‘nalishlarini tashkil etish va ularni pasportlashtirish, ichki va tashqi turizm bo‘yicha milliy va hududiy dasturlarni ishlab chiqish kabi masalalar muhokama qilindi.

Turizmni iqtisodiyotning strategik tarmog‘iga aylantirish uchun kadrlar malakasini hamda xizmatlar madaniyatini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Sayyohlik firmalari va mehmonxonalar rahbarlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

O’zA