O’ZBEKISTONDA UCHTA BANKNING NOMI O’ZGARDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining matbuot xizmati tarqatgan xabarda ma’lum qilinishicha, Markaziy bank Boshqaruvi qarori bilan
— “Trastbank” xususiy aksiyadorlik birja bankining nomi “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankiga;
— “Asaka” davlat-aksiyadorlik tijorat bankining nomi “Asaka” aksiyadorlik tijorat bankiga;
— O’zbekiston Respublikasi davlat-tijorat Xalq bankining nomi O’zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankiga o’zgarganligi munosabati bilan mazkur banklarga bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya va chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi Bosh litsenziya blanklari almashtirib berildi.
Ma’lumotnoma: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmonining 9-bandida 2015- yilning 1 -iyulidan aksiyadorlik va boshqa xo’jalik jamiyatlari nomlarida ularning ustav kapitalida davlat ulushidan qat’i nazar, «davlat» so’zidan foydalanishga yo’l qo’yilmasligi belgilab qo’yilgan.
“Jahon” AA