Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTONDA XALQARO AXBOROT TARMOQLARIDAN FOYDALANISH TEZLIGI 32 FOIZGA OSHDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTONDA XALQARO AXBOROT TARMOQLARIDAN FOYDALANISH TEZLIGI 32 FOIZGA OSHDI

Poytaxtimizda “Axborot sohasida tadbirkorlik faoliyatining me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda soha mutaxassislari va ekspertlar axborot sohasini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy bazaning rivojlanish holati, istiqbollari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni izchil rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish, mamlakatda innovatsion biznes muhitini yaxshilash masalalarini muhokama qildi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari A.Fayzullayev, Savdo-sanoat palatasi raisi A.Shayxov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida ilg‘or demokratik va texnologik standartlarga javob beradigan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sektorining faol o‘sishi hamda davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalariga zamonaviy axborot texnologiyalari joriy qilinishiga sharoit yaratuvchi axborot sohasi qonunchiligi shakllantirilayotganini ta’kidladi.

Bugungi kunda global iqtisodiyotda komputer va telekommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqarish va ular asosida keng turdagi interfaol xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining roli va ahamiyati ortib bormoqda.

Axborot sohasi qonunchiligining asosini Konstitutsiyamiz, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi, “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi va boshqa qator qonunlar tashkil etadi. Mavjud me’yoriy-huquqiy hujjatlar mahalliy korxonalarning raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Korxonalar, xo‘jalik birlashmalari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatiga axborot-komputer texnologiyalari keng joriy qilinmoqda. Yaratilgan dasturiy mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish, internet tarmog‘idan foydalangan holda yangi bozorlarni ochish uchun xizmat qilmoqda.

Axborot sohasining me’yoriy-huquqiy bazasini muntazam isloh qilish tufayli milliy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi barqaror yuksalib bormoqda. Soha korxonalari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi oxirgi yilda 11 foiz, jumladan, aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 12 foizga o‘sdi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish tezligi yil boshiga nisbatan 32 foizga oshdi.

Davra suhbatida ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga ko‘maklashuvchi axborot sohasi qonunchiligini yanada takomillashtirish, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida yangi yuqori texnologiyalarga asoslangan ishchi o‘rinlarini yaratishga doir va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

O’zA