Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“O’ZBEKISTONDA XAVFSIZLIK VA BARQARORLIK KAFOLATLANGAN”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“O'ZBEKISTONDA XAVFSIZLIK VA BARQARORLIK KAFOLATLANGAN”

Ilgari xabar berilganidek, mamlakatimiz davlat mustaqilligining tobora yaqinlashib kelayotgan 25 yillik bayrami munosabati bilan xorijlik ekspertlar o’zbek xalqiga o’zlarining samimiy qutlovlarini yo’llamoqdalar. Tabriknomalarda O’zbekistonning mustaqil rivojlanish yillari davomida qo’lga kiritgan muvaffaqiyatlariga berilgan baholar ham o’z ifodasini topgan.

Jumladan, “Gretsiya - O’zbekiston” jamiyati raisi Dimitris Bakolas respublikamizda hukm surayotgan birdamlik va tolerantlik muhitiga yuqori baho berar ekan, hozirgi paytda mamlakatimiz mintaqadagi va, umuman, butun dunyodagi eng barqaror davlatlardan hisoblanishini qayd etdi. Uning aytishicha, o’lkamiz xalqi o’zining mehmondo’stligi, oqko’ngilligi hamda boshqa millat va elat vakillariga nisbatan hurmati bilan nom qozongan.

— O’zbekistonda ko’p sonli greklar yashaydi, ular uchun munosib hayot kechirish kafolatlangan, - dedi u. - Ular respublika rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shib kelmoqdalar. Shu bois mamlakatingiz turli millat va elatlar vakillari o’rtasidagi birdamlik va bir-birini to’g’ri tushunish nuqtai nazaridan boshqalarga namuna bo’lishi mumkin.

O’zbekiston rahbariyatining uzoqni ko’zlagan siyosatni olib borayotgani tufayli mamlakatda xavfsizlik va barqarorlik kafolatlangan. AQShda faoliyat ko’rsatadigan Gellap instituti deb nom olgan ijtimoiy fikrni o’rganish markazi tomonidan «Qonuniy tartiblarga itoat qilish indeksi» degan mavzuda 2015 yilda o’tkazilgan va e’lon qilingan tadqiqot yakunlariga ko’ra, O’zbekiston dunyodagi 141 ta davlat orasida ikkinchi o’rinni egallagani ham bu fikrni tasdiqlaydi.

Ushbu fursatdan foydalanib, o’zbek xalqini ostonada turgan qutlug’ sana - mamlakat davlat mustaqilligining 25 yillik yubiley bayrami bilan samimiy muborakbod etaman. Do’st O’zbekistonga bardavom tinchlik, farovonlik va taraqqiyot hamda suveren rivojlanish yo’lida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

“Jahon” AA, Afina