«O’ZBEKISTONDA YANGI DAVR BOSHLANDI»
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Yangi 2018 yil kirib kelishi munosabati bilan O’zbekiston xalqi nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, kompaniyalar rahbarlari va jamoat arboblaridan tinchlik-osoyishtalik, salomatlik, baxtu saodat va muvaffaqiyatlar izhor etilgan samimiy qutlovlar kelmoqda.
Xususan, Turkiya Buyuk millat majlisidagi O’zbekiston-Turkiya parlamentlararo do’stlik guruhi raisi Haydar Ali Yildiz mamlkatimiz xalqini tabriklab, quyidagilarni bayon qildi:
Qardosh o’zbek eli uchun 2017 yil juda qutlug’ keldi. Bir yil davomida O’zbekiston ulkan yutuqlarga erishdi, yangilanish va taraqqiyot yo’lida misli ko’rilmagan qadamlarni olg’a bosdi. Muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoyevning g’ayrat-shijoatga to’la rahnamoligi ostida O’zbekistonda yangi davr boshlandi, o’zgacha bir ko’tarinkilik shukuhi, dadillik va islohotchilik ruhi taraldi.
Haqiqatan ozod va obod maskanga aylanib borayotgan O’zbekiston qo’lga kiritgan qator ijobiy natijalar nafaqat o’zbek xalqiga, balki qator do’st mamlakatlar ahliga, xususan Turkiya jamoatchiligiga ham samimiy quvonch va iftixor tuyg’ularini baxsh etdi. Ellarimizning azaliy orzulari ushala boshladi, umumiy qadriyatlar va mushtarak manfaatlar asosida o’zaro yaqinlashuv, birodarlashuv, hamkorlik va hamjihatlik jarayoni boshlandi.
Ishonamanki, bu yilda O’zbekiston yangi muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritadi, barqaror taraqqiyot, farovonlik yo’lida yangi pog’onalarga ko’tariladi, yangi marralarni zabt etadi.
Biz qadrdon o’zbek xalqiga 2018 yil hosiyatli kelsin deymiz, samarali natijalarga, yangi yutuqlarga boy bo’lishini tilab qolamiz.
Yangi yilingiz muborak bo’lsin!
“Jahon” AA, Anqara